“PSJ” himoyachisi Abdurahmon Barri “Chelsi” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar tarqatdi.
“Aristokratlar” skautlari 17 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatishgan. Barriga, shuningdek, “Volfsburg” ham da’vogarlik qilmoqda. Himoyachining “PSJ” bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi.