Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Navbahor» futbolchisi «Andijon»ga o‘tdi

«Navbahor» futbolchisi «Andijon»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan “Navbahor” 28 yanvar kuni navbatdagi nazorat uchrashuvida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Jizzax klubi PFLning yaqinda chiqqan qaroriga ko‘ra yana kuchlilar safida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgandi.

Jizzaxliklarga qarshi o‘yin ham Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 13.00da boshlanadi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017 yilgi mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan futbolchi Ravshan Xursanovni boshqa jamoa safiga o‘tganligini aytib o‘tish joiz.

Xursanov ayni paytda “Andijon” klubi yig‘inida ishtirok etmoqda. Futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Bunga qadar o‘tgan mavsumni “Navbahor”da ijara asosida o‘tkazgan bir qator futbolchilar o‘z jamoalari safiga qaytishgandi. Shu bilan birgalikda darvozabon Asilbek Amanov “Buxoro” tarkibiga o‘tib ketgandi.

“Navbahor” FK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:21, 26.01.2018.
O'qildi: 2780 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик