“Real” prezidenti Florentino Peres qishki transfer oynasi yakunlangunga qadar hujumchi xarid qilmoqchi. U Zidanning jamoaga yangi futbolchi kerak emasligi haqidagi gapini inobatga olmoqchi emas.
Ispan nashrlarining yozishicha, Peres aynan Mauro Ikardini sotib olmoqchi. Argentinalik futbolchining narxi 110 mln yevroga teng.