Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

La liga. «Real» yirik hisobda zafar quchdi

La liga. «Real» yirik hisobda zafar quchdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 21-turi doirasida markaziy bahs bo‘lib o‘tdi. "Valensiya" o‘z maydonida "Real"ni qabul qildi. Ochko yo‘qotishga haqi qolmagan madridliklar muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Zidan shogirdlarining sa’y-harakatlari birinchi bo‘limda 2 marta samara berdi. Hakam "Valensiya" darvozasi tomon ikki marta penalti belgiladi va Krishtianu Ronaldu ulardan unumli foydalandi. Tanaffusga qadar "ko‘rshapalaklar" nafaqat hisobni qisqartirishlari, balki muvozanatni tiklashlari mumkin edi. Kondogbiya tomonidan yo‘llangan kuchli zarbani Keylor Navas ajoyib seyv bilan qaytargan bo‘lsa, Rodrigo yaqin masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi.

"Valensiya" futbolchilari ikkinchi bo‘limda ham bosimni davom ettirishdi. Ularning urinishlari 59-daqiqada o‘z samarasini berdi.  Burchakdan yetkazilgan uzatmani Santi Mina bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Navas jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Mezbonlar qisqa paslar orqali ajoyib kombinasiya tashkil qilishdi. Parexo 14 metrlardan zarba yo‘lladi. Keylor oyog‘i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning so‘nggi daqiqalariga kelib mezbonlar charchab qolishdi shekilli, "Real" tashabbusni o‘z tomoniga oldi va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  Merselo Asensio bilan devor o‘ynab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba berdi. Neto oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazib yubordi. Kroos ham raqib jarima maydonchasi tashqarisida Kovachich bilan "devor" o‘ynab olib, aniq zarba bilan darvoza burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi. Golning ajoyibligi shundaki, Kovachich uzatmani tovonib bilan bergandi.

Ushbu g‘alaba keyin "Real" o‘z ochkolarini 38taga yetkazib oldi. Zidan jamoasi qoldirilgan o‘yin g‘alaba qozonsa, hozirda 40 ochkoga ega bo‘lib turgan "Valensiya"dan o‘tib ketadi.

Ispaniya La ligasi, 21-tur
Valensiya – Real Madrid 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 16, penalti Ronaldu, 0:2 – 38, penalti Ronaldu, 1:2 – 58 Santi Mina, 1:3 – 84 Marselo, 1:4 – 89 Kroos.
Valensiya – Neto, Garay, Toni Lato (Pereyra, 77), Montoyya, Gayya, Koklen, Parexo, Gonsalu Gedesh (Soler, 46), Kondogbia, Santi Mina, Rodrigo (Dzadza, 75).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 88), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 69), Ronaldu, Benzema (Asensio, 78).
Ogohlantirishlar: Beyl (52), Gayya (60), Varan (63), Karvaxal (71), Parexo (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:01, 27.01.2018.
O'qildi: 3381 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.