Kecha Qatar Yulduzlar Ligasida 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Chempionat peshqadami bo‘lib turgan "Duhail" bu safar o‘z uyida "Al Rayyan"ni qabul qildi. Juda qiziqarli tarzda o‘tgan ikki grand klub bahsida g‘olib aniqlanmadi - 3:3.
"Duhail" safida uchrashuvda Karim Budiaf , Dame Traore hamda Nam Tae Hi raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur o‘yindan so‘ng "Al Duhail" hisobidagi ochkolar soni 36taga yetdi va jamoa 2-pog‘onadagi "Al Sadd"dan 2 ochkoga oldinda bormoqda.