Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

2017 yilning eng ko‘p daromad ko‘rgan futbolchilari reytingi

2017 yilning eng ko‘p daromad ko‘rgan futbolchilari reytingi

Baho:
+ | -

Yakunlangan yil davomida kimdir sovrinlarga ko‘mildi, boshqa birov katta moddiy manfaat ko‘rdi.

Ayrimlar esa sport va daromad masalasida birdek muvaffaqiyat qozonishdi. Quyidagi reytingga 2017 yili Yevropada pul topish bobida yetakchilik qilgan 9 nafar futbolchi kiritilgan.

9. Xames RODRIGES («Real»|«Ba-variya») — 22 mln. dollar

Kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi ayni payt «Bavariya»da ijara kelishuvi asosida to‘p surayotgan bo‘lsada, huquqiy jihatdan hamon «Real»ga tegishli. Xamesning Madridda sport nuqtai nazaridan o‘zini to‘laqonli ko‘rsatolmagani ayni haqiqat.

Ammo moliyaviy tomondan 2017 yil uning uchun juda samarali bo‘ldi.

8. Serxio AGUERO («Manchester Siti») - 22,6 mln. dollar

Argentinalik hujumchi joriy mavsum o‘z jamoasi bilan butun APLni «vayrona»ga aylantirish barobarida ko‘ngilsizliklarga ham uchramoqda. Misol uchun, kuzda taksidan foydalanib, avtohalokatga uchradi. Shuningdek, uning «shaharliklar» bilan xayrlashishi mumkinligi haqida ham xabarlar yo‘q emas.

To‘g‘ri, buning ehtimoli ancha past, baribir. Aytish o‘rinli, Aguero futbol maydonida o‘z vazifasini yaxshi bajarishdan tashqari, Puma, Nissan va Pepsi brendlari bilan manfaatli shartlar asosida hamkorlik qilmoqda.

7. Luis SUARES («Barselona») - 23,3 mln. dollar

Urugvaylik «qopag‘on» — Yevropada eng ko‘p maoshga ega markaziy hujumchi. U shuningdek, yirik shartnomalar asosida Pepsi va Adidas kompaniyalari mahsulotlarini targ‘ib etishga vaqt topyapti. Muhimi, Suares endi maydonda hech kimni tishlamayapti va «Real»ni yengishga munosib hissa qo‘shgancha «Barselona»da xizmatiga yarasha katta maosh olyapti.

6. Ueyn RUNI («Everton»)  — 23,6 mln. dollar

Angliya terma jamoasi afsonasi va eng yaxshi to‘purari o‘tgan yili qadrdon klubi - «Everton»ga qaytdi. «Shrek» Liverpulda mojaro markaziga tushishdan tashqari, bir necha muhim gollarga mualliflik qilish va klub yetakchisi sifatida ko‘zga tashlanishga ham ulgurdi. Ha, Ueyn o‘tish natijasida maosh bobida biroz yutqazdi, ammo bu holat uning eng serdaromadlar ro‘yxatidan joy olishiga xalaqit bergani yo‘q.

5. Zlatan IBRAGIMOVICH («MYU») — 32 mln. dollar

Bu yerda izoh ortiqcha. Aytish mumkinki, Zlatan pul ishlagani yo‘q, aksincha, pulning o‘zi uning ortidan «quvdi».

4. Garet BEYL («Real») — 34 mln. dollar

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 03:29, 29.01.2018.
O'qildi: 16951 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.