Ayni paytda Qarshi shahrida qor yog‘ishi davom etmoqda. Bu holat futbol ishqibozlarini biroz xavotirga ham solishi turgan gap.
“Markaziy” stadionimiz xodimlari bu ob-havoga tayyormidi? Shunga aniqlik kiritish maqsadida, “Markaziy” stadionimizning direktori Baxritdin aka Egamberdiyevni suhbatga tortdik.
-Bugun Qarshida noqulay obhavo bo‘lishi, ya’ni qor yog‘ishi bizga avvaldan ma’lum edi. Faoliyatimiz yuzasidan sinoptiklarning ma’lumotidan doimo xabardor bo‘lib turamiz. Albatta, “Markaziy” stadionimizda qish faslidayoq katta futbol uchrashuvi bo‘layotgani quvonarli hol. Ammo bunday noqulay ob-havo biz uchun biroz tashvishli ham. Ammo stadionni o‘yinga tayyorlash bu –bizning vazifamiz va burchimiz. Bunday ob-havo muxlislarning ham, futbolchilarning ham kayfiyatiga salbiy ta’sir qilmasligiga harakat qilamiz. Noqulay ob-havoni birinchi marta ko‘rayotganimiz yo‘q. Futbol maydonini va stadion o‘rindiqlarni qordan tozalashga barcha texnikalarimiz hamda ishchilarimiz shay holatda turishibdi. Ertaga 130 nafarga yaqin ishchi-xodimlarimiz stadionni qordan tozalashga jalb etiladi. Ayni paytda stadionimiz futbol maydoni maxsus qoplama bilan yopilgan. Bu qoplama maydonni qordan asraydi. Ertaga futbolchilarning yashil maydonda bemalol harakat qilishlarini ta’minlaymiz. Maqsadimiz, ertaga bo‘ladigan futbol uchrashuvini bayramdek o‘tkazish. Bunday ob-havodan futbol ishqibozlari hech qanday xavotirlanmasliklarini so‘rayman. Hozir yurtimizda qish fasli. Muxlislarning esa ikkilanmasdan stadionimizga tashrif buyuraverishlarini so‘ragan bo‘lar edim.
Uchrashuvga chiptalar sotuvi davom etmoqda. Maboda kimdir chipta xarid qilishga ulgurmagan bo‘lsa, marhamat chipta xarid qilaverishsin. Bunday uchrashuvni bevosita stadionga kelib tomosha qilishga nima yetsin.
“Markaziy” stadionimizga marhamat qiling. Maqsadimiz, ertaga bo‘ladigan futbol uchrashuvini bayramga aylantirish.