Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futzal. Osiyo chempionati guruh bosqichi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Futzal. Osiyo chempionati guruh bosqichi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining “V” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Janubiy Koreya, Yaponiya, Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun 31 yanvar kuni “V” guruhidagi terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Husayn Shodiyev (Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi): Terma jamoa Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni 10 yanvar kuni boshladi. Yig‘in davomida Qozog‘istonga safar uyushtirib, “Qayrat” klubi va Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdik. Asosiy e’tibor Yaponiyaga qarshi dastlabki o‘yinga qaratilgan. Jamoada hech qanday bosim yo‘q. O‘tgan yili Taylanddagi U-20 Osiyo chempionatida Yaponiya yoshlari bilan 5:5 hisobida durang o‘ynagandik. Umid qilamanki, mazkur natija yigitlarimga ishonch keltiradi. Ushbu turnirga U-20 Osiyo chempionatida qatnashgan 7 nafar futzalchini olib kelganmiz.

Bruno Garsiya (YAponiya terma jamoasi bosh murabbiyi): Yaponiya terma jamoasi bir hafta davomida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Yig‘in davomida Jahon chempioni sanalgan Argentina futzal terma jamoasi bilan o‘ynadik. Ushbu o‘yin tayyorgarlik jarayonimizga ijobiy ta’sir ko‘rsata oldi, deb ayta olaman. Osiyo chempionatida har bir o‘yinga jiddiy yondoshish kerak bo‘ladi.

Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi): Eronda bo‘lib o‘tgan saralash bahslaridan keyin Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdik. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi kechdi, tarkibimizda yoshlar ko‘p. Asosiy maqsadimiz, yoshlarni sinovdan o‘tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish. Birinchi o‘yin Janubiy Koreyaga qarshi bo‘ladi. Raqibni hurmat qilgan holda, dastlabki bahsni o‘z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz.

Li Sang Jin (Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi): Guruhdagi barcha raqiblar kuchli ekanini yaxshi bilaman. Ammo har qanday sport turida autsayder hisoblangan jamoa kuchlilarni yuta olishi ko‘p kuzatiladi. Biz ham kuchlilarni yutishga harakat qilamiz. O‘zbekiston bilan 2014 yili yuzma-yuz kelib, mag‘lubiyatga uchraganmiz. O‘shanda men bosh murabbiy yordamchisi bo‘lganman. Bu safar yaxshi natija ko‘rsatishga umid qilaman.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:29, 31.01.2018.
O'qildi: 3445 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.