2017 yil sarhisobiga ko‘ra, Jorje Mendesh eng yaxshi futbol agenti unvoniga loyiq topildi. Ajablanarli jihati shundaki, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar buyurtmachilarining olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Portugaliyalik agent esa o‘z faoliyati davomida «MYU», «Real», «Barselona», «Manchester Siti», «Bavariya», «PSJ» kabi grandlardan tashqari yana bir qator jamoalarni chuv tushirdi.
Futbol olamiga qanday kirib kelgan?
Agar u reper bo‘lganida, ixtisosi nomiga Pimp iborasi qo‘shilgan bo‘lardi. Yo‘q, bir necha yillardan beri klublarga turli saviyadagi futbolchilarni ro‘para qilgani uchun emas, balki yoshligida tungi klublardagi di-jeylik faoliyati evaziga qisqa vaqt ichida uning sohibiga aylana olgani uchun. Mayli, tungi klub emas, oddiy diskoteka bo‘lganida ham Mendeshning bevosita rahbarligi ostida faoliyat yuritgan bo‘lardi.
Jorjening futbolga kirib kelishi ham tungi klubdan boshlandi - u yerda darvozabon Nunu bilan tanishib, tanishlari orqali «Vitoriya»dan «Valensiya»ga o‘tishini ta’minladi.
La-Korunyada o‘z o‘rnini topolmagan posbon keyinchalik Rossiyaga yo‘l oldi. Moskvaning «Dinamo»siga tiqishtirilgan portugaliyalik futbolchilar haqida gapirmasa ham bo‘laveradi.
Bu transferlarga Jorje vositachilik qilgandi. Qizig‘i shundaki, o‘nlab futbolchilarni Moskvaga «eksport» qilishni uddalagan agent negadir Ronalduni Rossiyaga jo‘natmagandi.
Aytishlaricha, Mendesh bu borada ham ancha harakat qilgan. Portugaliyalik yosh iqtidor sohibi Fergyusonning aralashuvi bois ommaviy transferdan chetda qoldi.
Keyinchalik ser Aleks jamoasi boshpanasiz futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida yorqin to‘p surgan hujumchi Bebeni 8,8 mln. yevro evaziga safiga qo‘shib oldi. Mablag‘ning asosiy qismi Mendeshning kissasidan joy oldi.
Braziliyalik Tyago Silvaga esa omad kulib boqmadi - Jorjening maslahati bilan Moskvaga kelgan futbolchi kutilmaganda sil kasaliga chalindi. Shifokorlar uning hayoti uchun to‘rt oy kurash olib borishdi. Nima deb o‘ylaysiz, Jorje hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsada mijoziga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘radimi? Yo‘q, albatta.
Muntazam ravishda qonun buzadimi?
Mendesh va qonun-qoidalar alohida mavzu. Biroq bu Portugaliya, Ispaniya va Angliyadagi prokurorlar yumushi. 2017 yili Ronaldu Ispaniya sudida ko‘rsatma berib, uzun kipriklarini pirpiratgancha o‘zini oqladi:
«Men bir sodda futbolchiman, moliya masalasida hech narsaga aqlim yetmaydi, hatto maktabni ham oxirigacha o‘qimaganman». Futbolchining gaplari tasmaga yozilib, keng ommaga namoyish etildi.
Krishtianu ovozida qirollikka xos takabburlikdan asar ham qolmagandi. Axir qamoq jazosi, hatto shartli jazo choralari xususidagi dag‘dag‘alar kimga ham yoqardi?
Mourinyo esa sharmandali yugur-yugurdan ko‘ra ko‘pmillionli jarimalarni afzal bildi. Di Mariya ham bu kabi tashvishlardan chetda qolmadi. Aslida Mendesh bilan hamkorlik qilayotgan futbolchi va murabbiylarning o‘z daromadlarini tegishli mahkamalardan yashirishlari yangilik emas.
Bundan bir necha yil avval Jorje futbolchilar manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega bo‘lish maqsadida shubhali firmalarga 100 mln. yevroni jamg‘arma sifatida sarflagandi. Uning qonunga zid bu qilmishi FIFA tomonidan jazolandimi? Albatta, yo‘q!
Xames, Kosta, Di Mariya, Semedu, Otamendi va Ederson kabi futbolchilarning agenti xotirjamlik bilan faoliyatini davom ettirmoqda.
«De Xea faksi» ishi qalbakimi?
Futbol olamidagi eng bema’ni transferlardan biriga Ronalduning agenti ta’sir eta olarmidi? Javob faqat nazariy bo‘lishi mumkin. Kelishuvning amalga oshmay qolishi Mendeshni mo‘maygina daromaddan judo qilardi. Lekin sezilarli hukmronlikka ega bo‘lardi.
Odatda, De Xeaning ishlari bilan qarindoshlari shug‘ullanishadi. Ammo uning «Atletiko»dan «MYU»ga o‘tishida, keyinchalik «Real» bilan muzokaraga kirishganida Mendesh rahnamolik qildi. U Manchesterni yoqtirib qoldi. «MYU» bir nechta mijozlaridan judo bo‘lsada, «Siti»ga 4 nafar futbolchisini joylashtirdi.
De Xea «Real»ga otlanayotgan, Navas esa «MYU» bilan muzokaraga kirishgan pallada Jorje Florentino Peresga ayrim masalalarda saboq berishni o‘rinli deb topdi. Oqibatda ispaniyalik posbonning Madridga yo‘l olishi to‘xtab qoldi. Keyinchalik Mendesh Ronaldu bilan birgalikda Davidni ko‘ndirishga urinib ko‘rdi.
Biroq darvozabon «MYU»da baxtiyor ekanini ta’kidlab, so‘nggi umidlarini puchga chiqardi. Lekin yakunda De Xea, Peres va «Qirollik klubi» zarar ko‘rdi. Jorje esa har qanday fokusni amalga oshira olishini Florentinoga isbotlay olganidan mamnun edi.
Futbolchilar nega undan voz kechmaydilar?
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.