Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/05 19:00 Surxon 1-0 So‘g‘diyona
31/05 19:30 OKMK 1-0 Metallurg
02/06 00:00 Borussiya D - Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

«Genk» bularni sotmaganda-mi…?

«Genk» bularni sotmaganda-mi…?

Baho:
+ | -

Hattoki, Belgiya Yupiler-ligasida ham yetakchi sanalmaydigan «Genk» klubi bitta masalada alohida g‘ururlanishga to‘la haqli. Yaqin yillarda bu jamoa safida o‘ynagan va ayni payt kuchli beshlik sirasiga kiruvchi chempionatlarda faoliyat yuritayotgan futbolchilardan ajoyib tarkib shakllantirish mumkin. Ha, «Genk» rahbariyati yetakchilarni erta kunda sotmaganida, klubning hozirgi tarkibi Yevropa grandlari havasini uyg‘otadigan darajada zo‘r bo‘lardi...

Darvozabon - Tibo KURTUA

Yoshi: 25

Hozirgi klubi: «Chelsi»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2009-2011 yillar, 45ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2011 yil

Transfer narxi:  8,95 million yevro (xaridor  -  «Chelsi»)

Markaziy himoyachi - Kristian KABASELE

Yoshi: 26

Hozirgi klubi:  «Uotford»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2014-2016 yillar, 81ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2016 yil

Transfer narxi: 6,95 million yevro (xaridor - «Uotford)

Himoyachi - Timoti KASTAN

Yoshi: 22

Hozirgi klubi:  «Atalanta»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2014-2017 yillar, 99ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2017 yil

Transfer narxi: 6 million yevro (xaridor - «Atalanta»)

Himoyachi - Kalidu KULIBALI

Yoshi: 26

Hozirgi klubi: «Napoli»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2012-2014 yillar, 92ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2014 yil

Transfer narxi: 7,75 million yevro (xaridor - «Napoli»)

Markaziy yarim himoyachi - Vilfred NDIDI

Yoshi: 21

Hozirgi klubi: «Lester»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2015-2017 yillar, 83ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2017 yil

Transfer narxi: 17,6 million yevro (xaridor - «Lester»)

Yarim himoyachi - Sergey MILINKOVICH-SAVICH

Yoshi: 22

Hozirgi klubi: «Lasio»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2014-2015 yillar, 24ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2015 yil

Transfer narxi: 18 million yevro (xaridor - «Lasio»)

O‘ng qanot vingeri - Leon BEYLI

Yoshi: 20

Hozirgi klubi: «Bayer»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2015-2017 yillar, 77ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2017 yil

Transfer narxi: 13,5 million yevro (xaridor - «Bayer»)

Pleymeyker - Kevin de BRYUYNE

Yoshi: 26

Hozirgi klubi: «Manchester Siti»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2008-2012 yillar, 113ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2012 yil

Transfer narxi: 8 million yevro (xaridor - «Chelsi»)

Chap qanot vingeri - Yannik FERREYRA-KARRASKO

Yoshi: 24

Hozirgi klubi: «Atletiko»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2010 yil, -

Ketgan vaqti: 2010 yil

Transfer narxi: -  («Monako» tekinga olgan)

Hujumchi - Kristian BENTEKE

Yoshi: 27

Hozirgi klubi: «Kristal Pelas»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2008-2009 va 2011-2012 yillar, 51ta o‘yin

Ketgan vaqti: 2009 va 2012 yillar

Transfer narxi: 150 ming yevro (xaridor -  «Standart»), 8,8 million yevro (xaridor - «Aston Villa»)

Hujumchi - Divok ORIGI

Yoshi: 22

Hozirgi klubi: «Volfsburg»

«Genk»dagi davri va statistikasi: 2010 yil, -

Ketgan vaqti: 2010 yil

Transfer narxi: noma’lum (xaridor - «Lill»)

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:09, 05.02.2018.
O'qildi: 6568 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.