Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zbekiston terma jamoasini Karlush Keyrush boshqaradi

O‘zbekiston terma jamoasini Karlush Keyrush boshqaradi

Baho:
+-1 | -1

Bugun futbolga ixtisoslashgan ayrim internet nashrlarida O‘zbekiston terma jamoasini Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari bilan bog‘landi.

Aytish kerakki, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi va O‘FAning birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun terma jamoa yangi murabbiyi bilan shartnoma imzolash uchun xorijga jo‘nab ketishi lozim edi. Biroq O‘FA vakillarining ma’lum qilishicha, Ahmadjonovning rejasiga kiritilgan ayrim o‘zgarishlar tufayli ushbu safar fevralning oxiriga qoldirilgan.

O‘FA vakili terma jamoamizni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzod murabbiylar orasida Karlush Keyrush ham borligini tasdiqladi.

«Karlosh Keyrushning Eron terma jamoasi bilan shartnomasi Rossiyadagi jahon chempionatidan so‘ng yakuniga yetadi. Shu kunlarda murabbiy bilan muzokaralar davom etmoqda va fevral oyi yakunida bu borada aniq to‘xtamga kelinadi.

Shuni aytishim mumkinki, Keyrushning o‘zi ham aynan O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga qiziqmoqda. U sakkiz yildan buyon eronliklarni ikki marta mundialga olib chiqdi va u O‘zbekistonni o‘zi uchun yangi chorlov sifatida ko‘rmoqda. U terma jamoamizni mundialga olib chiqish uchun qat’iy bel bog‘lamoqda», — dedi O‘FA vakili.

Aytishlaricha, fevral oyidan boshlab Keyrush yordamchilari terma jamoamizda rasman ish boshlaydi. Uning o‘zi esa jahon chempionati yakunlanishi bilanoq terma jamoamiz boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 21:32, 06.02.2018.
O'qildi: 29753 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.