Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Nasaf» raqibi «Persepolis» haqida

«Nasaf» raqibi «Persepolis» haqida

Baho:
+ | -

Eron Islom Respublikasi poytaxti, Tehron shahrining “Persepolis” professional futbol klubi 1963 yili tashkil bo‘lgan. Eron Pro-ligasida ishtirok etadi.  Bu klub boy tarixga ega bo‘lib, Eronning eng kuchli klublaridan hisoblanadi. Eron chempionatida uchta klub sovrinlar yig‘ish bo‘yicha yetakchi hisoblanishadi. Shu uch klubning bittasi, raqibimiz “Persepolis” klubidir.

Jamoaga ayni paytda xorvatiyalik mutaxasis Branko Ivankovich ustozlik qilmoqda. “Persepolis” jamoasi uy uchrashuvlarini Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida o‘tkazadi.

“Persepolis” OCHL-2017ning yarim finalida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan bahs yuritgan. Tehronliklar yarim finaldagi dastlabki, o‘z maydonidagi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etadi va safardagi javob uchrashuvida, yirik 4:0 mag‘lubiyatga uchrab, finalga chiqa olishmagan.

“Persepolis” o‘z tarixida 10 karra mamlakat chempioni bo‘lgan, 9 karra kumush medalga sazovor bo‘lgan va Eron Kubogini 5 marta qo‘lga kiritgan.

Xalqaro turnirda, 1991 yili Osiyo kubok egalarining kubogini qo‘lga kiritgan va yana bir marta ushbu musobaqaning finalchisi bo‘lgan.

Eron Premyer-ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi. Chempionat kuz-bahor tizimida o‘tkaziladi. 16ta jamoa ikki davradan iborat tizimda, uy-safar uchrashuvlarida o‘zaro bahslashadi.

Ayni paytda Eron premyer-ligasining 23-tur bahslari davom etmoqda. Raqibimiz bu turdagi uchrashuvni safarda “Naft” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarni 10-raqamdagi Farshod Axmadzoda va jamoa to‘purari 70-raqamdagi Ali Alipurlar (2ta) kiritishdi. Bu g‘alaba bilan raqibimiz ochkolari sonini 54taga yetkazib oldi. “Persepolis” hozirgi paytda turnir jadvalidagi ta’qibchisidan 16 ochko oldinda bormoqda hamda yakka peshqadamlik qilmoqda.

“Persepolis” klubi Eronning  amaldagi chempioni ham hisoblanadi. Jamoaning 70-raqamdagi hujumchisi Ali Alipur 17ta gol urib, Eron premyer-ligasining to‘purari bo‘lib turibdi.

“Persepolis” tarkibida mahalliy futbolchilar qatori legioner futbolchilar ham to‘p tepishadi. Bular, nigeriyalik 90-raqamdagi hujumchi Godvin Mensha, 44-raqamdagi xorvatiyalik darvozabon Bujidor Radoshevich va 5-raqamdagi iroqlik o‘yinchi Bashar Buniyanlardir.

Hozirgi paytdagi jamoa tarkibi quyidagicha.

Darvozabonlar

1.Alirizo Berovand

44.Bujidor Radoshevich (Xorvatiya)

12.Abulfazl Darveshvand

Himoyachilar

3.SHoja Xalilzoda

4.Said Jalol Husayni (jamoa sardori)

13.Husayn Mohiyni

15.Muxammad Ansori

17.Sodiq Maxrumi

18.Muhsin Robi Xon

69.Ali Muslix Taklimi

24.Romin Rizoyan

Yarim himoyachilar

2.Sodih Muharrami

5.Bashar Buniyan (Iroq)

7.Sarovush Rafai

8.Axmad Nurullohi

10.Farshod Axmadzoda

11.Komil Kamilobi Ziyo

77.Muhsin Musulmon

88.Siyomak Ne’mati

19.Vohid Amiri

21.Adam Ne’mati

Hujumchilar

25. Ehson Alvonzoda

37.Xamidrizo Tohirxoni

70.Ali Alipur 

90.Godvin Minsha (Nigeriya)

Bosh murabbiy: Branko Ivankovich (Xorvatiya)

Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi 13 fevral seshanba kuni Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida, bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:28, 08.02.2018.
O'qildi: 4020 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.