«Milan» yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura «Lasio»ga qarshi o‘yindan oldin Corriere dello Sport nashriga intervyu berdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda milanliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.
- Gattuzo «Milan»ga doimiyga keldi deb o‘ylaysizmi?
- Kimdir Gvardiola yoki boshqa mashhur murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishni xohlaydi. Lekin Gattuzo nomi tilga olingan murabbiylarga hasad qilmasligi lozim. Uning uslubi ish berishni boshladi.
Albatta, murabbiy almashuvi futbolchilar uchun hamisha qiyin kechadi. Biroq Gattuzo klubni yaxshi biladi.
- Gattuzo «Milan» uchun nima berdi?
- Biz boshqacha ishlay boshladik. Tanaffuslar kamaydi, katta intensivlik, mashg‘ulotlar saviyasi oshdi. Murabbiyimiz kuchli xarakterga ega. U barchamizda yaxshi o‘ynash istagini oshirdi.
Gattuzo maydonga kam tushayotgan futbolchilarni ruhlantirishni yaxshi biladi. Barchaga teng qaraydi va alohida vaqt ajratadi.
- Yangi murabbiyning xizmatlari qanday bo‘lyapti?
- To‘rt himoyachi bilan o‘ynash usuliga o‘tishimiz eng muhimi bo‘ldi. Nihoyat, muntazam sxemada o‘ynay boshladik. Endi tushunmovchiliklar yo‘q.
Agar uslub va murabbiy almashaversa futbolchilarga foydasi bo‘lmaydi. Afsuski, so‘nggi yillarda jamoamizda bu hol ko‘p bora kuzatilmoqda.
- Eng asosiy muammo hujumdagi inqirozni bartaraf eta olmadi.
- Yangi chempionatga moslashib olish oson emas. Men Andre Silvani nazarda tutyapman. Bu yerda boshqacha o‘yin, boshqacha urf-odat. Tezda moslashib olish uchun alohida xususiyatlar kerak bo‘ladi.
Menimcha Kalinich va Kutronelar bundanda yaxshi o‘ynashlari mumkin. Ayni paytda biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz deb o‘ylayman.
- «Milan» uyidagi oxirgi o‘nta uchrashuvda to‘qqizta gol urdi, xolos.
- Haqiqatdan ham hujumda kuchliroq o‘yin namoyish qilishimiz talab etiladi. Bu borada kutilganidek harakat qila olmayapmiz.
- Siz markaziy yarim himoyada chaproqda o‘ynayapsiz.
- Hamisha bor kuchim bilan o‘ynashga harakat qilaman. Bungacha bir qator pozisiyalarda o‘ynadim, ko‘plab murabbiylar qo‘lida shug‘ullandim. Ammo har safar jamoa qiziqishlarini yuqori qo‘yaman. Hozirgi pozisiyamdan nolimayman, muammolar bo‘lmayapti.
- «Atalanta»da ko‘p gol urgansiz. «Milan»da ham bu ishingizni davom ettirayotgandingiz. Ammo raqib darvozasiga yaqinroq o‘ynaganingizda ko‘p gol urgansiz. Pozisiyangiz o‘zgarishi munosabati bilan mahsuldorligingiz pasayib ketmaydimi?
- Murabbiy yarim himoyachilarga ko‘proq gol urishga ko‘rsatma bermoqda. Biz hujumdagi muammolarni inobatga olganda, juda vertikal futbol namoyish qilyapmiz. O‘rta chiziq futbolchilarga hujumchilarga yordam berishga harakat qilishmoqda.
- Birinchi davrada yuqori oltilikdagi jamoalarga mag‘lub bo‘lgandinglar...
- Bo‘lib o‘tgan ishlarni eslashga hojat yo‘q. Oldimizda muhim ikki oy turibdi. Unda barcha turnirlardagi holatimizni yaxshilab olishimiz mumkin.
«Milan» oldindan kurashib kelgan va uni davom etadi. Biz muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Shunchaki bu jamoaga ishonish kerak.
- «Lasio»ga qarshi eng yaxshi «Milan» o‘ynadimi?
- Bu biz uchun o‘ziga xos sinov. «Lasio» - kuchli jamoa va ajoyib formada. Ular o‘zlari ishtirok etayotgan turnirlarda muvaffaqiyat qozona olishlarini isbotlashdi.
- Bugungi «Lasio»ning nimasidan cho‘chish kerak?
- Ular himoyada ancha kuchlilar. Uzoq davom etadigan «A» seriya bahslarida bu juda muhim. Albatta, shu bilan birga hujumda ham yaxshi o‘ynash kerak. «Lasio» Immobilega bog‘lanib qolmagan. «Kyevo»ni usiz ham yirik hisobda mag‘lub etishdi.
- «Milan»ning kuchli beshlikka kirishiga ishonsa bo‘ladimi?
- Agar balans topib olsak, ishonsa bo‘ladi. Keyingi uchrashuvlar qiyin. Lekin biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Shuningdek, jadvalga e’tibor qaratmasligimiz lozim. Menimcha, yetakchilarga hali yaqinlashib olamiz.
- «Atalanta»dan «Milan»ga o‘tib o‘ta tez jamoaga kirishib ketdingiz. Galyardini «Inter»da o‘zini topa olmayapti, Kessye endi o‘ziga kelmoqda.
- «Milan»ga yoshim kattaroq bo‘lganida o‘tdim. «A» seriyada o‘ynash tajribasiga ega edim. Bungacha deyarli 100ta o‘yinda maydonga tushgandim. Eng katta farq mana shunda.
- Mino Rayolaning «Milan» bilan munosabatlari yaxshi emas. U sizning agentingiz. Bu holat hech nimaga ta’sir qilmayaptimi?
- Bu ularning ishi. Futbolchi uchun muhimi o‘zini maydonda ko‘rsata bilishi. «Milan» rahbariyati va Rayola o‘z ishini qiladi. Men esa o‘z ishimni.
- Bir yil oldin jarohat oldingiz. O‘shanda Montella siz, Suso va Donnarummani jamoaning muhim o‘yinchilari degandi. Lekin keyinchalik munosabatlaring yomonlashdi.
- Agar muhim o‘yinchilaringizni yo‘qotsangiz, jadvaldagi o‘rningizga ta’sir qilishi mumkin. Joriy mavsum avvalida ko‘p ishlashimga to‘g‘ri keldi. Lekin Yevropa Ligasi boshlanishi bilanoq o‘ynashni boshladim. Natijada chempionat bahslariga 100 foizga tayyor bo‘la olmadim.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.