Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Neftchi» – «Navbahor» bahsida kuchlar teng keldi

«Neftchi» – «Navbahor» bahsida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentdagi dastlabki o‘rtoqlik bahsida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushdi. “Vodiy derbisi”da kuchlar teng keldi. 1:1.

Shu kuni “Neftchi” ko‘rigida bo‘lib turgan ikki legioner futbolchi maydonga tushdi. Ular ukrainalik Sergey Shevchuk hamda yaponiyalik Yu Kuboki ilk marta “Neftchi” safida harakatlanishdi.

O‘yin garchi o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lsada qizg‘in kurash va hujumlarga boy o‘tdi. Biroq birinchi bo‘limda xar ikkala jamoa futbolchilari ham vaziyatlardan foydalana olishmadi.

“Neftchi” murabbiylari ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urishdi. O‘zgarishlar esa o‘z so‘zini aytdi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar “Neftchi” hujumlarini yanada faollashtirdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan yaponiyalik legioner Yu Kuboki boshlab bergan hujumni Abdul Aziz Yusupov gol bilan yakunladi. Ushbu vaziyatda Yusupov bir necha himoyachilarni mohirlik bilan aldab Namangan jamoa darvozasini aniq nishonga oldi.

Biroz o‘tib Avazbek O‘lmasaliyev jarima maydonchasi ichida namanganlik futbolchiga nisbatan qoida buzdi. Hakam “Neftchi” darvozasiga penalti belgiladi. Ushbu vaziyatda “Neftchi” posboni Vitaliy Mirniy penalti yo‘nalishini aniq topdi va to‘pni qaytardi.

Majburiy o‘zgarish sodir bo‘ldi. Biroz avvalgi vaziyatda raqib bilan to‘qnashib ketgan Avazbek O‘lmasaliyev o‘z o‘rnini Jamshid Qobilovga bo‘shatib berdi. Aynan Qobilov jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzdi va yana penalti. Bu safar “Navbahor” imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. 1:1

Hisob durang ko‘rinishiga kelganidan so‘ng o‘yin yanada qizg‘in tus oldi. Ayniqsa Yu Kuboki  bir necha marta darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ba’zi vaziyatlarda yaponiyalik legionerning zarbalariga aniqlik yetishmagan bo‘lsa boshqa hollarda raqib darvozaboni mahorat ko‘rsatdi. Shunday qilib, “Neftchi” – “Navbahor” bahsida kuchlar teng keldi.

“Neftchi”  murabbiylari bahsda quyidagi tarkibdan foydalanishdi.

Asosiy tarkib: Vitaliy Mirniy, Jalil Kimsanov, Husniddin G‘ofurov, Shukur Po‘latov, Avazbek O‘lmasaliyev, Jasur Azimov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Sergey Shevchuk, Anvar Berdiyev, Amirjon Safarov
Zaxira: Farrux Turdaliyev, Davron Mamatov, Jamshid Qobilov, Abror Ismoilov, Sunatillo Ermatov, Elyor Mamasoliyev, Abdulaziz Yusupov, Davron Isaqov, Yu Kuboki

Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” 14 fevral kuni “Metallurg”ga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 16:07, 12.02.2018.
O'qildi: 4460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.