Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Barselona» javohiri – Karles Alenya

«Barselona» javohiri – Karles Alenya

Baho:
+ | -

Ehtimol, «Barselona»ning eng yaxshi tarkibi Pep Gvardiola davrida bo‘lgandir?!

O‘shanda klubning yetakchi futbolchilari mahalliy akademiya tarbiyalanuvchilari edi. Xavi, Inyesta, Buskets, Pike, Pedro, Puyol va Messilar klubga bolalik paytlarida kelibgina qolmay, muvaffaqiyatli faoliyatga zamin yarata olishdi.

So‘nggi yillarda esa «Barsa» muxlislari rotasiya masalasiga o‘zgacha yondashuvning guvohiga aylanishmoqda. Xavining o‘rniga xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich keldi, klubga braziliyalik Neymar va urugvaylik Luis Suaresning kelib qo‘shilishi esa Pedroning asosiy tarkibdan siqib chiqarilishiga sabab bo‘ldi.

O‘tgan yilning yozida buyuk Andres Inyestaning o‘rniga kim kelishi haqida ko‘plab gap-so‘zlar urchidi, axir 33 yoshli dahoning o‘yinga ta’siri yil sayin kamayib borayotgani ma’lum-ku.

Taklif etiladiganlar ro‘yxatiga tushganlar orasida Filippe Koutinyo («Liverpul») hamda Marko Verratti («PSJ»)lar bor edi. Ulardan biri qishki transferlar oynasida Kataloniyaga ko‘chib o‘tdi.

Mazkur holatda Tyago Alkantara masala yechimida muhim o‘rin tutishi ham mumkin edi, lekin La masiya tarbiya­lanuvchisi 2013 yildayoq «Bavariya»ga pullab yuborilgandi.

O‘ta boy tarixga ega «Barselona»ning bunday muammolarni hal qilishda eng avvalo, asosiy e’tiborini «Barselona B»dagi yosh iqtidor egalari yoki Xuvenilga qaratishi ehtimol to‘g‘ri bo‘lar. Biroq muxlislar kutishni istashmayotgan hozirgi payt­da klub tavakkalga qo‘l urolmasdi.

Shunga qaramay, Ernesto Valverde jamoasi ostonasida turgan yoshlar orasida Karles Alenyadek futbolchi borligini ham yoddan chiqarmaslik lozim.

Avvalgi yili o‘rinbosarlar tarkibidagi ajoyib harakatlari bilan barchani qoyil qoldirgan 19 yoshli yigit asosiy jamoada ham bir necha bor maydonga tushishga ulgurdi.

Karles Alenya kim o‘zi?

Karles Alenya 7 yoshligida kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, «Barselona» tizimiga kelib qo‘shildi. U La masiya tarkibida o‘sib bordi va 2015 yili - 17 yoshida «Barse­lo­­na B»­­da o‘ynadi.

Yarim himoyaning har ikki qanotida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata bilgan Alenya 18 marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, 2 bor raqiblar darvozasini mahv etdi.

Pleymeyker shuningdek, Ispaniyaning turli yoshdagi termalariga jalb qilindi va hatto U-19 milliy termani sardor sifatida maydonga boshlab chiqdi.

Iyun oyi oxirlarida imzolangan 3 yillik shartnomaga qadar Alenyaning Angliyaga ko‘chib o‘tishi to‘g‘risida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Everton» va «Nyukasl» unga qiziqish bildirgandilar.

Alenya 3 marta «Barselona»ning asosiy jamoasi safiga zaxiradan maydonga tushirildi va hozircha yagona bo‘lib turgan golini Qirol kubogi doirasida o‘tkazilgan bahsda «Erkules» darvozasiga urdi.

O‘yin uslubi

«Maradona» taxallusini olganiga qaramay, Alenyaning o‘zi ko‘proq Inyes­taga o‘xshab harakatlanishini aytadi. Fanatlar tomonidan bunday atalishiga sabab - tashqi ko‘rinishi va jismoniy tomondan argentinalik afsonaga o‘xshaydi.

DAVOMI

https://t.me/joinchat/AAAAAD-1KWNA0f0ORPp11Q

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:39, 15.02.2018.
O'qildi: 7463 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.