Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Umid Ahmadjonov: «Kapadze ayni vaqtda futbolchilarni hammadan yaxshiroq tushunadi»

Umid Ahmadjonov: «Kapadze ayni vaqtda futbolchilarni hammadan yaxshiroq tushunadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy etib Timur Kapadze tayinlangach, «Daryo» nashri O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bog‘lanib, bu borada fikr olishga harakat qildi.

Timur Kapadze milliy terma jamoa uchun katta mehnat qilgan futbolchi. U 2015 yilgi Osiyo Kubogidan so‘ng terma bilan rasman xayrlashib, bor e’tiborini murabbiylikdagi bilimlarini boyitishga qaratdi. Shu bilan birga, futbolchilik faoliyatini ham davom ettirdi. Nima demoqchiman, Kapadze milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘lgan futbolchilarni ham, yangi yetishib chiqayotgan iqtidorlarni ham bevosita yaxshi biladi, ularning imkoniyatlarini chamalay oladi. Endi esa o‘zining futbolchilikdagi tajribasidan kelib chiqib, yetakchi figuralar bilan murabbiy sifatida til topishishga, qolaversa, o‘zi maydonda kurashgan yosh iqtidor egalari uchun terma eshiklarini ochishga harakat qiladi. Chunki u ayni vaqtda maydonda ter to‘kadigan futbolchilarning imkoniyatlari, muammolari va ichki kechinmalarini hammadan yaxshiroq biladi.

Timur Kapadze murabbiylik faoliyatiga katta tajribaga ega emas. U mustaqil ravishda faoliyat olib ham bormagan. Shunga qaramay, O‘FA rahbariyati aynan unga ishonch bildirishga qaror qildi.

Ha, bu katta mas’uliyat, katta maktab. Umid qilamizki, Kapadze bu ishonchni oqlash uchun bor kuchini berib ishlaydi. Biz esa xorijlik murabbiylar bilan davom etayotgan muzokaralarni yakuniy bosqichga olib chiqib, tez orada termaga tajribali mutaxassisni olib kelishga harakat qilamiz. Niyatimiz faqatgina termaning natijalarini yaxshilash emas, balki o‘sha murabbiy fonida o‘zimizning mahalliy mutaxassislarimizga ham tajriba ulashish, ularning bilimlaridan foydalanib qolish. Bunda futbolni yaqindagina tugatgan va katta murabbiy bo‘lish istagida tahsil olayotgan Timur Kapadze kabi futbolchilar yaxshi nomzod bo‘lishi mumkin. Mana shularni inobatga olib, assosiasiya rahbariyati, Ijroqo‘m a’zolari va futbol mutaxassislari bilan kelishib, shunday qarorga keldik.

Tajribaga kelsak, har qanday mutaxassis ham ishni «0» dan boshlagan. Tajriba va bilim yillar davomida shakllanib boradi. Biz Kapadzening oldiga Osiyo chempioni bo‘lish yoki terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqish vazifasini qo‘yayotganimiz yo‘q. U o‘rtada ko‘prik vazifasini o‘taydi. Futbolchilarni kuzatib boradi, ular bilan muloqotda bo‘ladi, o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi va rejalar tuzadi. Marhamat, atrofiga o‘zi bilgan, ishongan va suyangan murabbiylar shtabini olib kelishi mumkin, barcha sharoitni yaratib beramiz. Muhimi, biz kutayotgan mutaxassis O‘zbekistonga kelganida, Kapadzening o‘zi barcha ishni tushuntiradi, unga birinchi ma’lumotlarni o‘zi beradi.

Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vise-prezidenti

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA rahbariyati xorijiy mutaxassis bilan barcha masalani pishitib qo‘ygan. Ish rasmiy bosqichga ko‘chishi uchun esa vaqt kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda O‘FA shuning ustida ish olib bormoqda.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:42, 15.02.2018.
O'qildi: 6029 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.