Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘FAda bolalar futbol maktablari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda bolalar futbol maktablari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasida futbol akademiyalari, Bolalar va o‘smirlar sport maktablari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, yangi tashkil etilgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov hamda O‘FAning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Umid Ahmadjonov so‘zga chiqar ekan, futbol maktablari rahbarlaridan ayni paytda tayyorlanayotgan mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasi uchun takliflar berish zarurligini aytib o‘tdi.

Takliflar yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini yaratishga qaratilishi kerakligini ta’kidlar ekan, Umid Ahmadjonov bu borada futboli rivojlangan Ispaniyadan anzoza olish kerakligini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Tizimni yaratishda bolalar futboli bo‘yicha har bir jihatga e’tibor qaratish zarurligi, futbol maktablaridagi tarbiyalanuvchilar soni emas sifati muhimligi, iste’dodli bolalarni tanlab olish va ularni xorij klublariga tavsiya qilib borish masalalariga alohida urg‘u berilishi kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizdagi futbol maktablari rahbarlari va xodimlarining faoliyati ham qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqish zarurligi aytib o‘tildi. Bu borada alohida komissiya tashkil qilinib, ish olib borishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:26, 16.02.2018.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик