Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Paxtakor" Dubayda yig‘in boshladi

"Paxtakor" Dubayda yig‘in boshladi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" klubi bugun BAAning Dubay amirligiga yetib keldi va navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yubordi.

Kecha Toshkentdan Dubay sari yo‘lga chiqqan jamoa tushlik paytiga yaqin yig‘in davomida istiqomat qiladigan "The Meydan" mehmonxonasiga yetib keldi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00da "Nad Al Sheba" sport majmuasiga qarashli maydonda birinchi mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Dubayga yetib kelgan 24 futbolchining barchasi ishtirok etdi.

Dastlab futbolchilar Laslo Yambor boshchiligida qizishib olish mashqlarini bajarishdi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoani ikkiga ajratdi. O‘yinchilar to‘pni qo‘l bilan bir-birlariga yetkazib, bosh bilan gol urishga harakat qilishdi. Bu mashg‘ulot futbolchilarning juft-juft bo‘lib futbol o‘ynashi orqali davom ettirildi. Ushbu mashqlar yakuniga yetgach, to‘pni aniq oshirish, bo‘sh hududga ochilish va tez harakat qilish jihatlari ustida ishlandi. Mashg‘ulot ikki tomonlama qisqa uchrashuv bilan tugadi.

Darvozabonlar esa Ibrohim Yilmaz qo‘l ostida alohida shug‘ullanishdi. Ular doimgidek uchrashuvda ro‘y beradigan turli holatlarga tayyor turish maqsadida turli mashqlarni bajarishdi.

Shu tariqa "Paxtakor" bir yarim soatga yaqin vaqt davomida birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Birinchi nazorat bellashuvi 17 fevral kuni "Jebel Ali" maydonida "Al-Dafra"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:07, 16.02.2018.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.