Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov: “Tizimni qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur”

Umid Ahmadjonov: “Tizimni qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sport federasiya va assosiasiyalar, Olimpiya zaxiralari sport kollejlari, Iqtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tizimlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida uchrashuv, o‘ziga hos ochiq muloqot tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, Davlat maslahatchisining o‘rinbosari Bekzod Mavlyanov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar ishtirok etishdi.

O‘z navbatida Umid Ahmadjonov ham yig‘ilganlardan tortinmay o‘z taklifini berishlarini, mazkur tarixiy qarorda yana nimalarga ahamiyat berilishi lozimligini so‘radi:

“Bugungi muloqot orqali muammolarni hal qilib, kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Aynan Siz va bizning fikrimiz kutilayotgan qarorda o‘z aksini topadi.

Sohada muammolar yetarli, bugun biz ularni aniqlashimiz, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishimiz va yangi qaror samarali ishlashi uchun tegishli bandlarni kiritishimiz zarur.

Shuningdek, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli sarflanishini nazorat qilishimiz, bu borada tizimni qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur” – dedi MOQ Prezidenti.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:59, 16.02.2018.
O'qildi: 4440 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик