Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ayollar futzali: Ertaga peshqadamlar o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi

Ayollar futzali: Ertaga peshqadamlar o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi

Baho:
+ | -

Ayollar futzali bo‘yicha poytaxtda davom etayotgan mamlakat chempionatining uchinchi kun o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Uch tur yakuniga ko‘ra barcha raqiblarini yirik hisoblarda yenggan Qarshining “Sevinch” jamoasi yuz foizli natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. “Metallurg” jamoasi ham yuz foizli natija qayd etgan, biroq bekobodliklar bugun dam olishgani uchun jadvalda ikkinchi o‘rindan joy olib turibdi.

Muxlislar uchun bugungi qiziqarli o‘yinlardan biri “Paxtakor” va AGMK o‘rtasida kechishi kutilgandi. Sababi, har ikkalasi ham “Sevinch” va “Metallurg”dan mag‘lubiyatga uchragandi, o‘zaro o‘yinda kimning nimalarga qodirligini aniqlash mumkin edi. Biroq “Paxtakor” raqibiga nisbatan kuchliroq ekanligi uchrashuv davomida ham, hisobda ham o‘z aksini topdi. Rustam Oripov, No‘’mon Nurmatov kabi yaqin o‘tmishning usta futbolchilari ustozlik qilayotgan “Paxtakor” olmaliqlik raqibalariga hech qanday imkonyait qoldirmadi.

AGMK uchala o‘yinda ham darvozasidan o‘ndan ziyod to‘plar o‘tkazib yubordi. Maydonda hali tajriba orttirib ulgurmagan, 15-16 yoshli qizlarning to‘p tepishlarini kuzatgan muxlis AGMKni “qoloqlikda” ayblashi dargumon. Ammo jamoa AGMKning o‘rinbosarlar guruhi ekanligi, asosiy tarkib futbolchilari Ilhom Xanjariyev bosh murabbiyligida katta mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini inobatga olsak, futzalchi qizlarning har qanday natijalarini olqishlar bilan kuzatishiga shubha qolmaydi.

Turning asosiy o‘yini ertaga bo‘lib o‘tadi. Chempionlikka bosh da’vogar ikki klub – “Sevinch” va “Metallurg” o‘zaro kuch sinashishadi. O‘yin “Yoshlik” sport majmuasida soat 10.30da boshlanadi.

17 fevral

“Lokomotiv” – “Sevinch” – 1:6

“Paxtakor” – AGMK – 11:2

3-turdan keyingi vaziyat:

1.”Sevinch”          3       3       0       0       38-4           9

2.”Metallurg”     2       2       0       0       24-1            6

3.”Paxtakor”       2       1       0       1       13-12          3

4.”Lokomotiv”    2       0       0       2       2-12            0

 5.AGMK              3       0       0       3       3-51            0

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:44, 17.02.2018.
O'qildi: 2431 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик