Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

OCHL. «Nasaf» BAA klublariga qarshi qanday o‘ynagan?

OCHL. «Nasaf» BAA klublariga qarshi qanday o‘ynagan?

Baho:
+1 | -

“Nasaf” bu yilgi OCHL musobaqasida to‘rtinchi bor ishtirok etmoqda. O‘zingizga ma’lum “ajdarlar”, bungacha 2012, 2015 va 2016 yillar ham Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida kurash olib borgan.

Klubimiz bu yil ham qit’amizning nufuzli musobaqasida ishtirok etmoqda.

“Nasaf” 20 fevral kuni OCHL-2018 2-tur doirasida BAAning “Al Vasl” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Xo‘sh? “Nasaf” bungacha Birlashgan Arab Amirligi klublari bilan qanday o‘ynagan? Afsuski, amirliklar klublari bilan bungacha bo‘lib o‘tgan bahslarda, “Nasaf” g‘alaba qozona olmagan. Tarixga bir nazar solib, BAA klublari bilan bo‘lib o‘tgan bahslarni yodga olamiz.

 

2012 yil

Jamoamiz shu yili “A” guruhida BAAning “Al-Jazira”, Qatarning “Ar Rayyan” va Eronning “Istiqlol” jamoalari bilan kurash olib borgan.

Shu yili 1-tur uchrashuvini BAAning “Al-Jazira” jamoasi bilan o‘tkazdi. Yodingizda bo‘lsa, uchrashuv 6 mart kuniga belgilangan edi. Ammo Qarshida kuchli qor yoqqani tufayli, o‘yin bir kun keyin, ya’ni 7 mart kuni o‘tkazilgan. Ushbu uchrashuvda birinchi bo‘lib “ajdarlar” hisobda oldinga o‘tib olgan edi. 2-daqiqada Fozil Musayev tezkor gol muallifi bo‘lgan. Jamoamizning ketma-ket hujumlari orqali 18-daqiqada raqib o‘yinchisi Robi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan. Bu hisobdan ruhlangan jamoamiz hujum qilishda davom etgan, ammo himoyadagi sustkashlik natijasida birinchi bo‘limda raqib o‘yinchisi Abdulloh gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar yana darvozamizga uchta gol urishib, 2:4 hisobida g‘alaba qozonishadi.

OCHL-2012. “A” guruhi, 1-tur

“Nasaf” – “Al-Jazira” (BAA)  2:4 (2:1)

07.03.2012. “Markaziy” stadion

Hakam: Choy Maung Yong (J.Koreya)

Gollar: F.Musayev (2), Robi (18 avt) – Abdulloh (39), Musa (68), Bare (75), Oliveyra (88)

 

“Al-Jazira” bilan javob uchrashuvi 1 may kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tgan. Unda ham raqibimiz g‘alaba qozongan. Uchrashuvda 4:1 hisobi qayd etilgan. Darvozamizga birinchi golni 6-daqiqada Bare kiritadi. Eng esda qolarli voqea, darvozamizga birinchi bo‘limning o‘zida ikki marta penalti belgilanganligi bo‘lgan. Bu penaltilarni Olivera golga aylantirgan va yana bitta golga mualliflik qilgan. Hujumchimiz Ilhom Shomurodov 69-daqiqada uchrashuvdagi bitta golimizga mualliflik qiladi.

OCHL-2012. “A” guruhi, 5-tur

“Al-Jazira” (BAA) – “Nasaf” 4:1 (3:0)

01.05.2012. Abu Dabi sh., “Muxammad Bin Zaid Stadium”

Hakam: Piter Grin (Avstraliya)

Gollar: Bare (6), Olivera (14 pen., 33, 42 pen.) – I.SHomurodov (69)

2012 yilgi OCHL guruh bosqichida jamoamiz 4-o‘rin bilan kifoyalangan.

 

2015 yil

OCHL-2015da “Nasaf” “D” guruhida bahs olib borgan. Jamoamizga guruh bosqichida Saudiya Arabistonining “Al Ahli”, BAAning “Al-Ahli” va Eronning “Traktorsozi” jamoalari raqiblik qilgan.

Bu safar jamoamizga BAAning Dubay shahridan “Al-Ahli” jamoasi raqib bo‘lgan. Jamoamiz bu raqib bilan guruh bosqichining 3 va 4-turlarida tuqnash keladi.

Dastlabki o‘zaro uchrashuv  2012 yil 18 martda Dubay shahridagi “Al Rashid” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvda darvozalar dahlsizligi saqlanib qolgan, ya’ni golsiz durang qayd etilgan.

OCHL-2015. “D” guruhi, 3-tur

“Al Axli” (BAA) – “Nasaf” 0:0

18.03.2015. Dubay sh., “Al Rashid” stadioni

Hakam: Muhannad Qosim Iroq

Ammo “Nasaf” 7 aprel kuni o‘z maydonida o‘tkazgan javob uchrashuvida raqibiga kichik 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan. Ammo jamoamiz shu yili BAA klubiga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatganiga guvoh bo‘lamiz.

OCHL-2015. “D” guruhi. 4-tur

“Nasaf” – “Al Ahli” (BAA) 0:1 (0:0)

07.04.2015. “Markaziy” stadion

Hakam:  Kim Jon Xyok (J.Koreya)

Gol: Ribeyro (81).

2015 yilgi OCHL guruh bosqichida “Nasaf” 3-o‘rinni egallagan.

 

2016 yil

2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasida jamoamiz yana “D” guruhida bahs yuritadi. Guruhda Qatarning “Al Jaish”, BAAning “Al Ain” va Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoalari bizga raqiblik qilgan.

Shu yili “Nasaf” BAAning eng kuchli klubi “Al Ain” bilan tuqnash keladi. Mazkur jamoalar o‘rtasida guruhning 5-tur uchrashuvi 2016 yil 19 aprel kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi. Unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvdagi jamoamizning yagona golini 1-daqiqada Maqsud Karimov kiritgan. 32-daqiqada esa Asprillo javob qaytargan edi.

OCHL-2016. “D” guruh, 5-tur

“Nasaf” – “Al Ain” (BAA) 1:1

19.04.2016. “Markaziy” stadion

Hakam: Kim Don Jin (J.Koreya)

Gollar: M.Karimov (1) – Asprillo (32)

OCHL-2016 guruh bosqichining 6-turida “Nasaf” Dubay shahrida “Al Ain” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 3 may kuni bo‘lib o‘tgan. Afsuski bu uchrauvda “Nasaf” 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ladi. Uchrashuvdagi gollarga Asprillo va Axmadlar muallif bo‘lishgan.

OCHL-2016. “D” guruhi

“Al Ayn” (BAA) – “Nasaf” 2:0 (1:0)

03.05.2016. Al-Ayn sh., “Xazza Bin Zaid” stadioni

Hakam: Minoru Toyo (YAponiya)

Gollar: Asprillo (39), Axmad (90)

2016 yilgi guruh bosqichida jamoamiz 4-o‘rinni egallagan.

Umid qilamizki, “Nasaf” bu safar “qora an’anasi”ga barham beradi va bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:14, 18.02.2018.
O'qildi: 3943 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.