Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OCHL. “Nasaf” ilk marta BAA klubini mag‘lub etdi

OCHL. “Nasaf” ilk marta BAA klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Qarshida “Nasaf” OCHL doirasida BAAning “Al Vasl” klubiga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘lim aslida to‘p nazorati bo‘yicha mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Mehmonlarning Toxirining chamasi 30 metrlardan tepgan to‘pini Sanjar Quvvatov qiyinchilik bilan qaytarib qolganini inobatga olmaganda, boshqa esda qolarli vaziyatlari bo‘lmadi. Aksincha, maydon egalari bir necha bor hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, bo‘limning so‘nggi daqiqalarida vaziyatlar ketma-ket sodir bo‘laverdi. Hisobni ochish esa baribir nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalarining ustunligi sezilib turdi. Jasur Hasanovning burchakdan oshirib bergan to‘pini Igor Golban boshi bilan urib, darvoza to‘riga tushirgandan keyin mehmonlar o‘yinida asabiylashish ko‘zga tashlandi. Bir necha bor to‘qnashuvlar, tortishuvlar ham bo‘ldi. Yakunda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari baribir g‘alabani saqlab qoldilar.

“Nasaf” – “Al Vasl” (BAA) – 1:0

OCHL-2018. “S” guruhi, 2-tur.

Hakamlar: Jillet Jared, Bichem Eshli, Rayan Gallaxer (barchasi Avstraliyadan).

Gol: I.Golban (54).

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Odiljon Hamrobekov, Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Umarbek Eshmurodov, Azizjon G‘aniyev, Islom Kenjaboyev (Islom Rashidxonov, 55), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 83), Bobur Abduxoliqov (Sanjar Rashidov, 90+4).

“Al Vasl”: Sulton Abdullo Almentari, Abdulla Solix Alnaqbi, Abdulla Jassam Hamis, Salim Juma Alazizi, Ali Hasan Salman (Xalil Hamis, 65), Antoni Kaseris, Abdulla Ali Alnaibi, Kayo Kanedo (Humaid Abbos Abdulla, 24), Ronaldo Sezar De Mediros, Hasan Muhammad Toxiri (Ali Solih Amro, 46), Hazza Salim.

Ogohlantirishlar: S.Rahmatov (18), U.Eshmurodov (64), I.Rashidxonov (90+4) -  Ali Salmon (18), Abdulla Alnaqbi (64), Humaid Abbos (70).

Nazoratchi - Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni).

Komissar - Erik Vu (Avstraliya).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:45, 20.02.2018.
O'qildi: 5551 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.