Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Shamil Iseev: «O‘z ustida ishlamaydigan futbolchilar testlardan o‘ta olmaydi»

Shamil Iseev: «O‘z ustida ishlamaydigan futbolchilar testlardan o‘ta olmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo‘lib, futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda. 

Sinovlarning dastlabkisi o‘tgan yilning dekabr oyida o‘tkazilib, miliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi.

Mazkur test-sinovlari tizimi O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilganini ham alohida ta’kidlash kerak.

Shamil Iseev Superliga klublari futbolchilaridan qabul qilinayotgan normativlar va ularning natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra, belgilangan reja asosida o‘tgan yilning dekabr oyida futbolchilardan dastlabki normativlarni qabul qilib olgandik. O‘shanda aksariyat futbolchilarning natijalari salbiy chiqqandi. Shundan keyin klublar murabbiylari va futbolchilarning o‘zlariga bu natijalar ko‘rsatilib, har bir futbolchi jismoniy holatini yaxshilash uchun o‘z ustida ishlashi kerakligi ta’kidlandi. 
Shu o‘rinda, normativlarni joriy qilishdan asosiy maqsad futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish, shu yo‘l orqali terma jamoalarimizga jismoniy jihatdan 90 daqiqa yuqori tempda harakat qiladigan futbolchilar yetishib chiqishini ta’minlashdan iborat ekanini ham alohida ta’kidlash kerak.

Shu yilning 10 fevral kuni Superliga klublari futbolchilaridan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshladik. Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, futbolchilarning jismoniy holatida yaxshi tomonga o‘zgarish ko‘zga tashlandi. Har bir klub murabbiylari dastlabki normativlardan so‘ng o‘z jamoasidagi futbolchilar bilan bu borada ish olib borgani sezildi. Lekin shunga qaramay, klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar ham bor. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich “Qizilqum” va “Navbahor” futbolchilari tomonidan qayd etildi.

Biz Superliga klublari futbolchilariga yana imkon berganmiz. Shu o‘rinda normativlarni topshirish uchun futbolchi o‘z ustida muntazam ishlashi kerakligini ta’kidlab o‘tish zarur. O‘z ustida ishlamagan futbolchilar normativlarni topshira olishmaydi.

26 fevral kuni futbolchilaryakuniy test-sinovlari topshirishadi. Ana o‘shanda ham kerakli natija qayd eta olmagan futbolchilar bo‘lsa, ular Superliga bahslaridan chetlashtiriladi”, - deydi Shamil Iseev.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:55, 24.02.2018.
O'qildi: 2476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.