Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Umid Ahmadjonov: Olimpiada va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak

Umid Ahmadjonov: Olimpiada va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak

Baho:
+ | -1

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov O‘FA hamda MOQ xodimlari birgalikda yurtimizda sportni, xususan, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, yanada rivojlantirish uchun bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

“Bu yil oldimizda eng katta vazifa Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish. Keyin 2019 yilda Osiyo Kubogi musobaqasi kutib turibdi. Undan so‘ng esa Olimpiada hamda futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash boshlanadi. Vaqt tobora kam qolyapti. Futbol muxlislari ertaga bizdan natija talab qilishadi. Shu sababdan hammamiz birgalikda harakat qilib, kuyib-pishib ishlashimiz zarur.

Birinchi navbatda bolalar futbolida tizim yaratishimiz zarur. Belgilangan taqvim asosida bu yil mingga yaqin musobaqa o‘tkazamiz deb e’lon qildik. Musobaqalar hududlarda bo‘lib o‘tmoqda. Lekin bu musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan bolalar keyin qayerga boradi? Kim ularni saralab olib, terma jamoalarga nomzod sifatida ko‘rsatadi? Buning uchun seleksiya ishini kuchaytirishimiz kerak. Malakali seleksionerlar kerak bo‘lsa 10-15 kun viloyatlarda, yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida yurib, u yerdagi iste’dodli bolalarni saralab olishlari zarur. Shundagina musobaqalar o‘tkazishdan samara ko‘zlashimiz mumkin.

Futbol maktablari va akademiyalardagi poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik kabi illatlarni yo‘qotishimiz zarur. Iste’dodi yo‘q bo‘lsa ham, faqat puli borligi uchun futbol maktablarida yurgan bolalar bo‘lsa, ulardan voz kechish vaqti keldi. Aksincha, qobiliyatli, iste’dodli bo‘la turib, futbolga qatnash imkoniyatiga ega bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalar farzandlarini bepul futbol bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash kerak. Buning uchun akademiyalarga qabul jarayonlarida shaffoflikni yuzaga keltirib, faqat munosiblargina imtihonlardan o‘tishini ta’minlashimiz darkor.

Tokioda bo‘ladigan Olimpiada musobaqasi yo‘llanmasi uchun kurashadigan Olimpiya terma jamoasini hozirdan shakllantirishmiz kerak. Xitoydagi Osiyo chempionatida qo‘lga kiritilgan yutuqni unutish kerak. Endi asosiy maqsad dastlab Olimpiadada ishtirok etish, keyin esa Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Xalq bizdan mana shuni kutyapti.

Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasida ishlaydigan har bir xodim shuni chuqur his qilib, to‘g‘ri anglagan holda ish olib borishi kerak. Shundagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga yeta olamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov so‘zga chiqdi.

“Yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, islohotlar albatta o‘z samarasini beradi. Faqat buning uchun barchamiz jonbozlik ko‘rsatishimiz kerak. Sportga, futbolga aloqador har bir xodim o‘z mas’uliyatini to‘la his qilgan holda faoliyat yurtishi kerak.

Agar kimda o‘zining takliflari, fikrlari bo‘lsa bemalol bildirishi mumkin. Biz barchani eshitishga, barchaning fikrini inobatga olishga harakat qilamiz. Sportning, futbolning rivojiga barchamiz mas’ulmiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yaqinda tashkil etildi. Lekin oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Agar birgalikda harakat qilsak, barcha maqsadlarimizga yetamiz”, - dedi Shoakrom Isroilov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 19:17, 26.02.2018.
O'qildi: 4500 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.