Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi (fotogalereya)

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

28 fevral kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarni keng jamoatchilikka rasman tanishtirdi.

photo_2018-02-28_15-43-47

photo_2018-02-28_15-43-49

photo_2018-02-28_15-43-52

Tanishtiruv marosimi Qirgulidagi “Neftchi” Madaniyat saroyida o‘tkazildi. Unda “Neftchi” PFK rahbariyati, viloyat futbol federasiyasi vakillari, murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va klub muxlislari ishtirok etishdi. Shu qatori tadbirga bir qator martabali mehmonlar kelganligini alohida ta’kidlab  o‘tish lozim. Xususan, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Nosirov, FNQIZ Bosh direktori o‘rinbosarari Nazirjon Teshaboyev va viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Tohir Kapadzelar tadbir davomida so‘z olib, jamoaga yangi mavsum oldidan omad tilashdi.

photo_2018-02-28_15-43-54

Tadbir mobaynida klub raisi Mo‘ysinjon Mehmonov ham so‘zga chiqdi.

Mo‘ysinjon Mehmonov (“Neftchi” PFK raisi)

– Har yili muxlislar bilan mana shunday uchrashuvlarda diydor ko‘rishamiz. Bu safar ham sizlar bilan ko‘rishib turganimizdan xursandman. Umuman olganda “Neftchi” PFKni xar taraflama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan FNQIZ rahbarilariga rahmat deb qolaman. Zavod xodimlariga ham yangi 2018-yilgi mavsum omadli kelsin. Futbol – millionlar o‘yini hisoblanadi. Agar hozirgi kunda rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar va muxlislar birlashsak “Neftchi”ning oldiga qo‘ygan maqsadlariga borish yo‘li ancha qisqaradi. Shu sabab hamjihat bo‘lish bizning asosiy shiorimizga aylangan. Jamoamizning ustivor maqsadi o‘z muxlislarini g‘alabalar bilan xursand qilish sanaladi. Darhaqiqat, milliy futbolimiz rahbariyatiga haqiqiy jonkuyar insonlar tayinlandi.  Shu sabab so‘nggi vaqtlarda futbolda katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu yil “Neftchi” jamoasi marrani kengroq olmoqda. Buni albatta alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Muxlislardan esa jamoamizni mavsum davomida qizg‘in qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan bo‘lardim. Shundagina ko‘zlagan maqsadlarga erishish jarayoni samarador kechadi. Men bunga ishonaman.

photo_2018-02-28_15-43-57

Sergey Kovshov (“Neftchi” bosh murabbiyi)

– Hurmatli va aziz mehmonlar xabaringiz bor, bu yil katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Farg‘ona viloyati “Hokim Kubogi”da g‘olib bo‘lganimizdan so‘ng Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazdik. Poytaxtda bir qator nazorat bahslarini o‘tkazganimizdan so‘ng jamoamiz asosiy tarkibi yanada o‘zgardi. “Neftchi”ning maqsadlari har doim yuqori bo‘lib kelgan. Biz yana eski mavqeini tiklash uchun mana shunday tarzda marrani kengroq olmoqdamiz. Oltinchi yoki yettinchi o‘rinlarni egallash ko‘p hollarda uchraydi. Lekin birinchi o‘rinni egallash har kimga ham nasib qilmaydi. Biz ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Shu sabab rahbariyat va muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab tursangiz, ko‘zlagan maqsadga birgalashib erishamiz. Futbolchilar esa o‘z ishlari va vazifalariga matonat bilan yondoshsalar yaxshi natijalarga erishamiz deb o‘ylayman.

photo_2018-02-28_15-43-59

Anvar Berdiyev (“Neftchi” jamoasi hujumchisi)

– Birinchi o‘rinda bizni hurmat qilib tashrif buyurgan barcha muxlislarga rahmat aytib qolaman. Bu yil yaxshi maqsadlar bilan mavsumni boshlayapmiz. Nasib qilsa, muxlislarni xursand qiladigan natijalar ko‘rsatamiz. Barchaga sog‘liq-salomatlik, oilaviy tinchlik-totuvlik va xotirjamlik tilayman.

Shundan so‘ng yangi futbolchilar rasman tanishtirildi.

photo_2018-02-28_15-44-01

Vitaliy Mirniy (Darvozabon, “Gornyak-sport” Ukraina)

photo_2018-02-28_15-44-03

Farrux Turdaliyev  (Darvozabon, “Sementchi” Quvasoy)

photo_2018-02-28_15-44-06

Davron Mamatov  (Himoyachi, “Sementchi” Quvasoy)

photo_2018-02-28_15-44-08

Shukurali Po‘latov  (Himoyachi, “Qizilqum” Navoiy)

photo_2018-02-28_15-44-10

Avaz Agaliyev  (Himoyachi, “Mash’al” Muborak) 

photo_2018-02-28_15-44-13

Jalil Kimsanov  (Himoyachi, “Qo‘qon-1912” Qo‘qon) 

photo_2018-02-28_15-44-15

Iskandar Shaykulov  (Himoyachi, “Mash’al” Muborak) 

photo_2018-02-28_15-44-17

Elyor Mamasoliyev   (YArim himoyachi, “Sementchi” Quvasoy) 

photo_2018-02-28_15-44-19

Abbosbek Maxstaliyev  (YArim himoyachi, “Navbaxor” Namangan)

photo_2018-02-28_15-44-23

Sunnatillo Ermatov  (YArim himoyachi, “Sementchi” Quvasoy) 

photo_2018-02-28_15-44-25

Otabek Axmadjonov  (YArim himoyachi, “Sementchi” Quvasoy) 

photo_2018-02-28_15-44-27

Abdul Aziz Yusupov  (Hujumchi, “Sementchi” Quvasoy)

photo_2018-02-28_15-44-29

Murodbek Bobojonov  (Hujumchi, “Lokomotiv” Toshkent)

photo_2018-02-28_15-44-32

Anvar Berdiyev  (Hujumchi “Andijon” Andijon) 

photo_2018-02-28_15-43-45 (2)

Vyacheslav Sushkin  (Hujumchi, “Sparta” Gresiya)

photo_2018-02-28_15-44-56

“NEFTCHI” PFK MATBUOT XIZMATI

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:33, 28.02.2018.
O'qildi: 6246 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.