Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Inyesta 3-4 haftaga safdan chiqdi va «Chelsi» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Inyesta 3-4 haftaga safdan chiqdi va «Chelsi» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inyesta Ispaniya La ligasining 27-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchining mushagida uzilish ro‘y bergan.

Mazkur ma’lumot tasdiqlansa, 33 yoshli futbolchi 1 oy davomida maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, Inyesta La liganing «Malaga», «Atletik» va «Sevilya»ga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, Andres Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan dastlabki bahsni o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasining Germaniya va Argentinaga qarshi 23 va 27 mart kuni bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Inyesta bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng jarohatining qay darajada ekani aniq bo‘ladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:35, 05.03.2018.
O'qildi: 5577 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик