Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Andrey Miklyayev: «Lokomotiv» Dohadan 3 ochko olib ketish niyatida»

Andrey Miklyayev: «Lokomotiv» Dohadan 3 ochko olib ketish niyatida»

Baho:
+ | -

Bugun Dohadagi "Abdulloh bin Halifa" stadioni matbuot anjumanlari zalida "Al Duhail" - "Lokomotiv" uchrashuvi oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Andrey Miklyayev jamoa sardori Sadriddin Abdullayev hamroxligida ishtirok etdi:

- Ertaga bizni juda murakkab o‘yin kutib turibdi.  Raqib jamoa haqida faqat va faqat iliq fikrlar bildirish mumkin.  Ular hujumkor va mazmunli o‘yin namoyish etishmoqda.  Shu boisdan ham "Al Duhail" bilan bahs oson kechmasligi tayin.  Lekin biz ham Dohaga 3 ochko qo‘lga kiritish maqsadida tashrif buyurganmiz.  Raqib qanchalik kuchli bo‘lmasin,  "Lokomotiv" har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga urinadi.  Tarkibimizda mahoratli futbolchilar talaygina.  Ishonchim komil,  ertaga maydonga tushadigan har bir futbolchimiz o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi.  Umid qilamanki,  o‘yindan so‘ng xush kayfiyatda uyga yo‘l olamiz,  - dedi tajribali mutaxassis.

- "Al Duhail" - "Lokomotiv" bahsi qiziqarli tarzda kechishiga aminman.  Har ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin ko‘rsatishadi.  Muxlislar zerikib qolishmaydi,  deb o‘ylayman.  O‘tgan turda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydik.  Bu safar g‘alaba qozonishimiz shart.  Zero oldimizda guruhdan chiqish va musobaqadagi ishtirokni davom ettirish vazifasi turibdi,  - dedi mahoratli futbolchi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:48, 06.03.2018.
O'qildi: 2419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик