Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ravshan Haydarov OFK konferensiyasida ishtirok etmoqda

Ravshan Haydarov OFK konferensiyasida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Shu yilning 6 mart kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Olimpiya terma jamoalari bosh murabbiylari uchun OFKning 1-konferensiyasi boshlandi. 

Ushbu Konferensiyada FIFAning Murabbiylar va futbolchilar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Branimir Ujevich, OFK Texnik direktori Endji Roksburg hamda Osiyo mamlakatlari Olimpiya terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirok etishmoqda. 

O‘zbekiston nomidan mazkur konferensiyada Ravshan Haydarov va Islom Ahmedov qatnashyapti. 

Konferensiyada shu yilning yanvar oyida Xitoyda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionati tahlil qilindi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining muvaffaqiyati konferensiya ishtirokchilari tomonidan yuksak baholandi. Ravshan Haydarov mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, o‘yin uslublari va taktik o‘zgarishlar haqida yig‘ilganlarga ma’ruza qilib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston OTJning Osiyo chempionatidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan videorolik yig‘ilganlarga namoyish qilindi. 

Konferensiya 8 martga qadar o‘z ishini davom ettiradi. Unda Tokioda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:26, 07.03.2018.
O'qildi: 2134 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик