Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimizdan ikkinchi durang

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimizdan ikkinchi durang

Baho:
+ | -

Bugun o‘rinbosarlarimiz Yoshlar ligasidagi ikkinchi o‘yinlarini o‘tkazishdi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo‘lishdi.

O‘yinni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. 10-daqiqada futbolchilarimiz ajoyib hujum tashkil etishdi.  Avvaliga Dilshod Baratov zarba yo‘lladi, himoyachilardan qaytgan to‘pni Ibrohim Muxtorov kuchli zarba berdi. Ibrohimning zarbasi salgina noaniq bo‘ldi.  24-daqiqada jamoamiz  tarkibida majburiy o‘zgarish bo‘ldi Ibrohim Ahmadjonov o‘rniga Baxtiyorjon Abdubannonov maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida har ikki jamoada ham hisobni ochish uchun bir qator imkoniyatlar vujudga keldi. Biroq tanaffusgacha gol urish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘lim shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Taym boshida o‘rinbosarlarimiz ikki marta raqib darvozasi oldida xavfli hujumlarni tashkil etishdi. So‘nggi pallada mezbonlar xavfni bartaraf etishning uddasidan chiqishdi.

Uchrashuv yakunlanishi arafida Muslim Qurbonov g‘alaba to‘piga mualliflik qilishi mumkin edi. Ammo undan omad yuz ugirdi.

Shu tariqa, o‘rinbosarlarimiz mavsumdagi ikkinchi bahsda ham durang natija qayd etishdi.

Yoshlar ligasi

“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” – 0:0

Hakamlar: Dauletbay Jalimov, Akmal Sultanov, Akmaljon Davronov, Jasur Rustamov.

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.

“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 6. Suhrob Yarashev, 7. Sardor, Jahonov, 9. Humoyun Abdualimov, 14. Alisher Yusupov, 17. Orzu Razzoqov, 18. Husniddin Fazliddinov, 20. Sergey Proxorov, 32. Ahliddin Fayziyev, 89 .Ramis Begishev, 96. Farrux Jo‘rayev, 

Zaxira: 46. Elbek Rahimqulov,  2. Akmal Rustamov, 8. Jahongir Husanov, 38. Sunnat Mahmudov, 86.Feruz Norov, 93. Bobir Mamirov. 99. Ilhom Kenjayev.

“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 5. Ibrohim G‘ofurov, 10. Ibrohim Muxtorov,  11. Muslim Qurbonov, 14. Ibrohim Ahmadjonov, 17. Dilshod Baratov, 18. Doston Meliqo‘ziyev, 25. Ismoil Oxunjonov,  77. Mo‘min Sodiqjonov, 96. Islom Toshpo‘latov, 98. Saveliy Abramov,

Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 9. Ramz Isaqov, 26. Ismoil Tolipov, 70. Avaz Yusufjonov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 00:14, 08.03.2018.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.