Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Iftixor» jamoasi muruvvat uyiga tashrif buyurdi

«Iftixor» jamoasi muruvvat uyiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xalqizimizda savobli ishni har kim va har kuni qilish kerak, degan maqol bor. Mana shu aqidaga amal qilgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi xayrli ishga qo‘l urdi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi  va  “Iftixor” futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan jamoa a’zolari Farg‘ona shahridagi  “Muruvvat uyi”ga tashrif buyurib, xayriya aksiyasini o‘tkazishdi.

Futbolchilar “Muruvvat nogironli bo‘lgan bolalar uchun internat”ga kelgan paytda bolalar uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘layotgan edi. Futbolchilarning tashrifi esa qalbi o‘ksik bolalarga yanada quvonch baxsh etdi.

O‘ziga xos tadbirni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi sport bo‘limi mudiri Umid Rajabov  ochib berdi.

Shundan keyin “Iftixor” futbol klubi rahbari Ahrorjon Ergashev so‘zga chiqib, kelayotgan bahor bayramlari bilan barchani tabriklab, jamoa har doim mehrga muxtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kiladi. Pro-ligada munosib ishtirok etishni ko‘zlayotgan “Iftixor” jamoasining maqsadlari ulkan ekanligini aytar ekan, klub rahbari aynan mana shu bolalar uchun jamoa chempionlikni qo‘lga kiritishiga va’da berdi.  

Tadbir yakunida ushbu muassasada tarbiya topayotgan bolalarga futbolchilar tomonidan klub sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida “Muruvvat uyi” rahbariyati sportchilarga tashriflari uchun o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

Klub matbuot xizmati

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:44, 08.03.2018.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.