Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman! Dostonbek Hamdamov «Anji»ga o‘tdi

Rasman! Dostonbek Hamdamov «Anji»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Dostonbek Hamdamov 15 mart kuni «Anji»ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan qaydnomasidan joy olgan.

Toshkentning «Bunyodkor» klubi futbolchisi Dostonbek Hamdamov Mahachqalaning «Anji» klubiga o‘tdi. Bu haqda RFPLning rasmiy saytida ma’lumot joylashtirildi.

«Transfermarkt.de» saytida uning transfer summasi 1 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Hamdamov «Bunyodkor» safida o‘tgan mavsumda 30 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» futbolchisi Doston Hamdamov Maxachqal’aning «Anji» klubi safiga borib qo‘shilgani haqida xabarlar avvalroq tarqalgandi. Ammo voqealar chigal holatda edi.

Avvaliga Hamdamov «Bunyodkor»dan so‘roqsiz ketgani haqida yozildi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Doston aslida «Anji»ga qochib ketmagan, balki Maxachqal’a klubi «Bunyodkor»ning shartlariga to‘la rozi bo‘lgan va futbolchi transferini xarid qilishini bildirgan.

Lekin shundan beri ham oradan ikki hafta o‘tib, vaziyat aniq bo‘lmay kelayotgandi. Nihoyat, transfer amalga oshdi. Tushunmovchiliklar yakun topib, Dostonbek Hamdamovning kelajagiga oydinlik kiritildi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 10:59, 16.03.2018.
O'qildi: 7242 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик