Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ravshan Haydarov: «Asosiy vazifamiz milliy terma jamoaga futbolchi yetishtirib chiqarish»

Ravshan Haydarov: «Asosiy vazifamiz milliy terma jamoaga futbolchi yetishtirib chiqarish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston – Keniya (1:0) bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zbekistonliklar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va himoyachi Doston Tursunov ishtirok etishdi.

"Vodiyda 2ta ajoyib bahsga guvohi bo‘ldik. Jamoamiz uchun ancha foydali bo‘lgan bellashuvlarni kuzatdik. Mana shunday o‘yinlarni tashkil qilib bergan O‘FA rahbariyatiga jamoa nomidan rahmat deyman. Shu qatori bizning taklifimizga rad javobini bermasdan, O‘zbekistonga kelgan keniyaliklarga ham o‘z minnadorchiligimni bildiraman. Birinchi marta Afrika termalaridan biri bilan o‘ynadik. Bu katta tajriba maktabi bo‘ldi. Boshqa o‘yinda bunday muhitni topish qiyin deb o‘ylayman. Keniya OTJ menga juda yoqdi.

Uchrashuv borasida gapiradigan bo‘lsam, o‘yinni nazorat qilib bordik va chiroyli futbol namoyish etdik. Tarkibdagi o‘zgarishlar ham bahsni kuchaytirdi. Andijondagi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka intildik. Shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Yana bir narsani alohida e’tirof etmoqchiman, bizning asosiy vazifamiz milliy terma jamoamizga o‘yinchi yetkazib berish hisoblanadi. Shu o‘rinda, “Istiqlol” stadionidagi ajoyib tashkilotchilik uchun ham farg‘onaliklarga katta rahmat aytib qolaman", - dedi Haydarov.

"G‘alaba uchun oxirigacha harakat qildik. Murabbiylarning ko‘rsatmalariga amal qilganimiz ancha foyda keltirdi. Birinchi o‘yinda biroz natijalar o‘xshamadi. Chunki tarkibda yangi futbolchilar ko‘p edi. Farg‘onadagi ikkinchi o‘yingacha jamoa yanada jipslashdi. Keniya ham yaxshi jamoa ekan. Ikkinchi bo‘lim oxirida jamoaviy hujumga o‘tdik va bu o‘z samarasini berdi", — dedi Doston Tursunov.

“Neftchi” matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov yozib oldi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 08:28, 27.03.2018.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик