Kirish Ro'yxatdan o'tish

Namangan davlat universiteti talabalari Respublika final bosqichiga borishadi

Namangan davlat universiteti talabalari Respublika final bosqichiga borishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi memorandum doirasida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

O‘FAning tasdiqlangan rejasiga asosan Namangan viloyatida Respublika birinchiligining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davrada olib borilgan musobaqada Namangan muhandislik texnologiya institutining NamMTI, Namangan davlat universitetining NamDU hamda Namangan muhandislik qurilish institutining NamMQI talabalaridan iborat havaskor jamoalari ishtirok etdi.

“Navbahor-Umid” maydonida kechgan bahslar yakuniga ko‘ra Namangan davlat universiteti talabalari to‘rt o‘yindan 9 ochko jamg‘argan holda viloyat g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. 6 ochko to‘plagan Namangan muhandislik texnologiya institutining havaskor futbolchilari esa ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Qayd etilgan natijalar:

1-davra

NamMQI – NamDU – 0:1

NamDU - NamMTI – 1:0

NamMTI – NamMQI – 1:3

2-davra

NamMTI – NamDU – 3:2

NamMQI – NamMTI – 0:4

NamDU – NamMQI – 1:0

Shu tariqa, g‘olib jamoa aprel oyining ikkinchi yarmida o‘z shahrida tashkil etiladigan ikkinchi bosqich o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:38, 29.03.2018.
O'qildi: 2819 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.