Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Nasaf»: Tarbiyalanuvchilarimiz Qatarga jo‘nab ketishdi

«Nasaf»: Tarbiyalanuvchilarimiz Qatarga jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -

Bugun tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoalarimiz Qatarga jo‘nab ketishdi. Yosh futbolchilarimizdan iborat delegasiyamiz Toshkent-Istanbul-Doha havo yo‘nlishi bo‘yicha Qatarga borishadi.

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida musobaqa tashkil etgan.  Mazkur musobaqaga 2017 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida e’tirof etilgan “Nasaf” futbol maktabi ham ishtirok etadi

Musobaqada futbol maktabimizning 2000 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoamiz (murabbiylar: Nurali Sultonov, Nasim Shoyimov), 2001-2002 yilda tug‘ilganlar jamoamiz (murabbiy: Pavel Kshnyakin) va 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoamiz (murabbiy: Umar Rahmatullayev va Jasur Ibragimov) ishtirok etishadi. Jamoalarning har biri 16 nafar yosh futbolchilarimizdan iborat. Shuningdek jamoalarimizga, yosh darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov hamda shifokor Sunnat Saxaddinovlar hamkorlik qilishadi.

Qatardagi musobaqa 1-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Har bir yosh toifasidagi jamoalarimiz 2tadan uchrashuv o‘tkazishadi. Shuningdek jamoalarimiz Qatarlik tengdoshlari bilan bittadan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishadi.

Delegasiyaga futbol maktabimiz direktori Sergey Kucherenko rahbarlik qilmoqda.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:15, 31.03.2018.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик