"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kyellini "Real"dagi hamkasbi Serxio Ramosni dunyodagi eng yaxshi himoyachi deb tan oldi.
"Kuchlilardan o‘rganish kerak, kamsitish emas. Menda hech qachon Ramosning sifatlari va uning portlash xususiyati bo‘lmaydi. U dunyoning eng yaxshi himoyachisi va u to‘p bilan to‘g‘ri muomala qila oladi.
Ispaniyada yana Pike bor, u bir necha muddat Puyol bilan birga o‘ynab, uning omadi kelgan. Hozir Umtiti bilan yaxshi sherik bo‘lmoqda. Valverda "Barselona"ning himoyasini yaxshi qurdi, avval bunaqa emasdi", - deydi Kyellini.