Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda uchrashuvlarni boshqarishadi

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda uchrashuvlarni boshqarishadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, bugun 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Serezo Osaka” (YAponiya) – “Jey Ju Yunayted” (Janubiy Koreya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berishadi.

Shuningdek, ertaga 4 aprel kuni OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan “Shanxay SIPG” (Xitoy) - “Kavasaki Frontale” (YAponiya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ham o‘zbekistonlik hakamlar ishlashadi. Bosh hakam Valentin Kovalenkoga Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinov yordam berishadi. To‘rtinchi hakam — Sherzod Qosimov.

10 aprel kuni OFK Kubogi doirasidagi “Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib borish Sherzod Qosimov boshchiligidagi Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonovlarga ishonib topshirilgan.

Shuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo‘yicha Ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) Iordaniyaga yo‘l olishdi.

Bundan tashqari, Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov aslida 3 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida  “Shanxay Shenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (YAponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi. Unga ko‘ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida Meksikada o‘tadigan “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto" FK” (Kanada) klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqaradigan bo‘lishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:23, 03.04.2018.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик