Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Ronaldu 15 yil oldin «Yuventus»ga o‘tishiga bir bahya qolgan edi...

Ronaldu 15 yil oldin «Yuventus»ga o‘tishiga bir bahya qolgan edi...

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubining sobiq direktori Luchano Moji o‘z kitobida Krishtianu Ronalduning amalga oshmay qolgan transferi haqida yozadi:

«Qachon shu haqda o‘ylasam, Marselo Salasdan jahlim chiqadi. Uning aybi bilan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduning transferi amalga oshmay qolgan. Menga uning do‘sti maslahat bergan edi: «Bir ko‘rgin-a shu bolani, haqiqiy mo‘’jiza!».

Men unga to‘liq ishonardim, shuning uchun ham darhol Portugaliyaga uchdim. Ronaldu «Sporting»da o‘ynardi, u bor-yo‘g‘i 18 yoshda edi. Krishtianu to‘pga egalik qilganida raqib o‘yinchilari faqat uni tomosha qilishardi. Yosh bo‘lishiga qaramay jismonan baquvvat edi. Asosiy jamoada o‘ynayotganini o‘ziyoq qanchalik kuchli futbolchi ekanini bildirardi.

Uning bitta o‘yinini ko‘rishimning o‘zi yetarli bo‘ldi. O‘shanda 2003 yil edi. Tezda «Sporting» rahbariyati bilan uchrashuv tashkillashtirdim va kelishuvga erishdik. Portugaliyaliklarga 5 million yevro va 10 million yevroga baholanayotgan Marselo Salasni berishimiz lozim edi. Salasning «Yuventus»da omadi chopmayotgan, jarohati bois ikki mavsumda 32 tagina o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol kiritgan edi, xolos.

Ronalduning narxi uning yoshiga nisbatan ancha yuqori bo‘lsa-da, men uning zo‘r futbolchi ekanligiga shubha qilmayotgan edim. U bilan gaplashganimda unda buyuk futbolchi bo‘lishi uchun hamma narsa yetarli ekanini tushundim.

Krishtianu bilan shartnoma haqida gaplashganimdan so‘ng Salasni ko‘ndirish qolgandi. Ammo Salas «Sporting»ga o‘tishni, umuman Portugaliya haqida eshitishni ham xohlamadi. Men unga transferga rozi bo‘lishi uchun katta pul taklif qildim – befoyda! Marselo «River Pleyt»ga qaytishni xohladi va u yerda ikkinchi yoshligini o‘tkazdi. Keyinchalik «Universidad de Chili»ning yetakchisiga aylandi. Portugaliyaliklar yosh futbolchisini boshqa futbolchimizga almashishni xohlashmadi. Oxiri kelishuv barbod bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay «Manchester Yunayted» Ronalduni ilib ketdi. Aleks Fergyuson «Sporting» bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Ronalduning o‘yiniga qoyil qolgan va ko‘p o‘ylab o‘tirmay uni 15 million yevroga sotib olgan edi. U paytda «Yuventus» bunday summani bera olmasdi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 18:41, 04.04.2018.
O'qildi: 6641 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.