Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliyaga jo‘nab ketishdi

Superliga klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliyaga jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog‘ida Angliya Futbol Assosiasiyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Assosiasiya o‘rtasida hamkorlik qilish va o‘zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuv asosida, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u yerda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Ta’kidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro”klublari direktorlari Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirish uchun Angliyaga jo‘nab ketishdi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u yerdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to‘playdilar.

Ma’lumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda yetakchilardan hisoblanadi va shu bois klub rahbarlarini u yerga jo‘natish va tajriba orttirishlari uchun O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan sharoitlar yaratildi. Bu esa, birinchi navbatda Liga saviyasi, futbol infratuzilmasi rivoji uchun yutuqdir.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaga malaka oshirishga jo‘natish uchun boshqa kelishuvlar ham amalga oshirilmoqda. Shuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol assosiyasiyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:52, 05.04.2018.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.