Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“Buxoro” futbol klubi hamda Shavkat Salomov jarimaga tortildi

“Buxoro” futbol klubi hamda Shavkat Salomov jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Buxoro” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi uchrashuv inspektorining bildirgisiga asosan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro” — “Paxtakor” o‘yini uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar avvaliga uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamni, keyinroq esa “Paxtakor” futbol klubini haqoratli so‘zlar bilan ommaviy ravishda yerga urdi, deb yoziladi PFL inspektorining bildirgisida. Unda aynan qaysi daqiqalar haqida so‘z ketayotgani ham ko‘rsatilgan. Jumladan, 20, 26 va 55-daqiqalarda ishqibozlar uchrashuv hakamini, 40 hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlashdan tiyilmagan.

Mazkur holat musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 4-bo‘lim 5.55-bandiga ziddir. Unga ko‘ra, stadionga tashrif buyurgan muxlislarning haqoratli va kamsitish ustiga qurilgan so‘zlarni aytishiga cheklov qo‘yilgan bo‘lib, jazo sifatida kelasi turning muxlislarsiz stadionda o‘tishi mumkinligi, jamoadan 3 ochko olib tashlanishi mumkinligi, klubning musobaqadan chiqarib yuborilishi yoki 500 million so‘mgacha jarimaga tortilishi ehtimoli borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi Buxoro shahridagi mazkur o‘yin tafsilotlarini o‘rganib chiqdi va “Buxoro” klubini 300 million so‘m jarimaga tortishga qaror qildi.

Shuningdek, “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinining 36-daqiqasida mezbonlar vakili Shavkat Salomov bosh hakam Temur To‘xtasinovning qaroriga qarshilik ko‘rsatishga urindi. Bunda futbolchi og‘zaki qarshilik bilan cheklanmay, hakamning qo‘lini ham ushlab olgan. Shundan kelib chiqib, Shavkat Salomov reglamentning 5.6 bandiga asosan aybdor deb topildi va 10 million so‘m jarimaga tortildi. Mazkur holatni o‘z vaqtida jazolamagan hakam Temur To‘xtasinov esa Superliganing 6 va 7-tur o‘yinlariga, shuningdek, O‘zbekiston Kubogining 1/16 final o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Bu vaqt davomida u faqatgina Pro-Liga bellashuvlarini boshqarishi mumkin.

Shavkat Salomov misolida Tartib-intizom qo‘mitasi Superliga va Pro-Liga futbolchilariga eslatib o‘tadi. Futbol hakamlari bilan muloqotga faqatgina jamoa sardorlari kirishi mumkin. Ammo ularga keskin qarshilik ko‘rsatish, ularga halal berish mumkin emas. Shavkat Salomov “Buxoro” futbol klubining sardori, biroq kelasi safar u futbol hakamlariga tegingudek bo‘lsa, jazo choralari bundan jiddiyroq bo‘ladi. Bu qolgan futbolchilarga ham taaluqlidir.

 

Agar “Buxoro” futbol klubi rahbariyati o‘z fan-klubi va muxlislari bilan ishlamasa, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormasa va oqibatda shunga o‘xshash hunuk holatlar takrorlangudek bo‘lsa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi. Bu borada “Buxoro” klubi alohida, shuningdek, Superliga hamda Pro-Liganing qolgan klublari ham “Buxoro” misolida yana bir marta yozma ravishda ogohlantiriladi.

 

PFL muxlislarni stadionga qaytarish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustida ish olib borishdan to‘xtamaydi. O‘yinlarning ish vaqtidan keyinga qo‘yilayotgani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri teletranslyasiya qilinayotgani katta yutuq. Shuningdek, stadionlarda oilaviy sektorlarning bo‘lishi shartligi ham nazorat qilib borilmoqda. Tashkilot prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlarning ko‘payib borayotgani, futbolchilar o‘rtasidagi shiddat va raqobatning oshayotganini qadrlaydi.

Shu bilan birga o‘zini hurmat qilgan inson har qanday holatda ham o‘zini nazorat qila olishi kerak deb hisoblaydi. Haqoratlarga, kamsitishlarga to‘la stadionlarda yosh bolalar va ayollar ham bor ekanini unutmaslik kerak. PFL shundan kelib chiqib, yuqoridagi kabi holatlarga jiddiy e’tibor qaratishda davom etadi hamda futbol muxlislaridan provokasion tadbirlarga, chaqiruvlarga qo‘shilmaslikni so‘raydi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:07, 07.04.2018.
O'qildi: 5904 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.