Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Navbatchi» murabbiy yoxud Mochinovga nega ishonishadi?

«Navbatchi» murabbiy yoxud Mochinovga nega ishonishadi?

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, 13-14-o‘rinlarni egallagan “So‘g‘diyona” va “Neftchi” klublari O‘FA prezidenti Umid Ahmadjonovning qaroriga ko‘ra Superligaga olib qolingan edi. Ammo 4-turdan keyin ushbu ikki jamoaning elitada so‘nggi o‘rinlarni egallab turgani o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizliklar bu jamoalarga dars bo‘lmaganligini anglatayotgandek. Ayniqsa, “So‘g‘diyona” jamoasi yil boshida yana Aleksandr Mochinovga ishonib, yana oldingi xatosini takrorladi.

So‘nggi turlarda Jizzaxda “Qizilqum”ga uchralgan 1:3 va Bekobodda “Metallurg”ga 2:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Aleksandr Mochinov “Odatda bunday vaziyatda bosh murabbiy iste’fo beradi…” deya oson yo‘lni tanlay qoldi. U hali rasman jamoani tark etmagan bo‘lsada, odatda klublarni mana shunday tark etadi. Uning klublarimizdagi 5 yillik faoliyatiga nazar tashlab, unga nega ishonishlarini tushunish qiyin. Keling, Mochinovning murabbiylik faoliyatiga nazar tashlaylikda, keyin xulosa chiqaraylik.

2011 yil, fevral.

Aleksandr Mochinov — “Bunyodkor” o‘rinbosarlari murabbiyi.

Mochinov Sergey Lushan bilan birga yosh “Qaldirg‘ochlar”ga murabbiy sifatida ish boshladi. Ikki yillik faoliyati davomida Lushan bilan birga bir qator yosh futbolchilar “Bunyodkor” asosiy tarkibiga jalb etildi. 2014 yil boshida Mochinov “Bunyodkor”ni tark etdi va Birinchi Liga jamoasida ish boshladi.

Tayinlandi: 2011 yil, 1 fevral

Iste’foga chiqdi: 2014 yil, 1 fevral.

Faoliyati: 3 yil.

 

2014 yil, fevral.

Aleksandr Mochinov – “Oqtepa” bosh murabbiyi!

Toshkentning “Oqtepa” klubi Mochinovning bosh murabbiy sifatidagi rasman dastlabki jamoasi bo‘ldi. Xususiy klub rahbari G‘anisher Shog‘ulomov aynan Mochinov bilan jamoasini Oliy Ligaga olib chiqmoqchi edi. Ammo Mochinov 13 o‘yinda 9 ta g‘alaba qozonib jamoani tark 4 oydayoq tark etishga qaror qildi.

Tayinlandi: 2014 yil, 6 fevral

Iste’foga chiqdi: 2014 yil, 10 iyun

Faoliyati: 4 oy.

 

2014 yil, iyun

Aleksandr Mochinov — O‘zbekiston U-16 o‘smirlar t/j bosh murabbiyi!

“Oqtepa” jamoasini tark etgan Mochinov ikki hafta o‘tib, O‘FF tomonidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Yozda terma jamoani Osiyo Chempionati orqali Jahon Chempionatiga olib chiqishi vazifasi yuklatilgan Mochinov jamoasi turnir 1/8 finalida Suriyaga 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, o‘smirlar o‘rtasidagi JCHdan quruq qoldi. Murabbiy bu safar ham omadsizlikka uchragach, vazifa bajarilmagani uchun iste’foga chiqqan.

Tayinlandi: 2014 yil, 24 iyun

Iste’foga chiqdi: 2014 yil, 7 oktyabr

Faoliyati: 4 oy.

 

2014 yil, 27 noyabr

Aleksandr Mochinov – “Buxoro” bosh murabbiyi!

Murabbiylik faoliyatida na Birinchi Ligada, na o‘smirlar terma jamoasida natija ko‘rsata olmagan ushbu murabbiy 1 oy, 20 kun o‘tib kutilmaganda “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

“Oldimda “Buxoro” jamoasini Osiyo Chempionlar Ligasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan” — deya gapirgan mutaxassis dekabr, yanvar, fevral oyi davomida tarkibni shakllantirish, o‘zi ko‘zlagan futbolchilarni yig‘ish, hattoki tayyorgarlikni xorijda o‘tkazishni klubdan so‘radi, “Buxoro” klubi rahbariyati jamoa yig‘inini Turkiyada tashkillashtirib berdi.

Natija esa bu safar ham maqsadga yarasha bo‘lmadi. “Buxoro” 2015 yilgi Oliy Liganing dastlabki 10 o‘yinida 8 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etdi. “Buxoro” 2 ochko bilan yaqqol autsayderga aylangach, Mochinov yana tan oldi – «Natija o‘ta yomon, odatda bunday paytda murabbiylar iste’foga chiqishadi…». Chorasiz qolgan buxoroliklar ham Mochinovni iste’fosini rasman e’lon qilishdi. Ikkinchi davrada jamoani Jamshid Saidov — Tachmurod Agamurodov juftligi qutqarib qolmaganida, klub 1-ligaga ravona bo‘lardi.

Tayinlandi: 2014 yil, 27 noyabr

Iste’foga chiqdi: 2015 yil, 17 may.

Faoliyati: 6 oy.

 

2015 yil, sentyabr.

Aleksandr Mochinov – “So‘g‘diyona”da ish boshladi

Birinchi Liga, o‘smirlar terma jamoasidan keyin “Buxoro” klubida ham barcha imkoniyat yaratilib berilgan bo‘lsada, hech qanday karomat ko‘rsata olmagan murabbiy Oliy Liga-2015 2-davrasida Jizzaxda ish boshladi. Mochinov “So‘g‘diyona”da bosh murabbiy Davron Fayziyevga yordamchi sifatida tayinlandi. Jamoa oldiga ligada qolish vazifasi qo‘yilgandi. Ammo so‘nggi turda “So‘g‘diyona” Jizzaxda Mochinovning sobiq klubi “Buxoro”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgach, ligani deyarli tark etgandi. Ammo Samarqanddagi paralel o‘yinda “Olmaliq” 90+4-daqiqada “Dinamo”ga gol urib, “So‘g‘diyona”ni elitada olib qolgandi. Mochinov 2016 yil aprel oyida Jizzax klubini tark etdi.

Tayinlandi: 2015 yil, 2 sentyabr

Iste’foga chiqdi: 2016 yil, 10 aprel.

Faoliyati: 7 oy.

 

2016 yil, 18 iyun

Aleksandr Mochinov – “Obod” bosh murabbiyi

Jizzax klubidan ketgach, yana ikki oy futbolsiz qolgan Mochinov Oliy Liga debyutanti “Obod” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Afsuski, mutaxassis “Obod” ham uzoq ushlanib qolmadi. Uch oylik faoliyatidan keyin rahbariyat uning o‘rniga Ja’far Irismetovni bosh murabbiy sifatida tayinladi va aynan Ja’far “Obod”ni Oliy Ligada olib qolishga erishdi.

Tayinlandi: 2016 yil, 18 iyun

Iste’foga chiqdi: 2016 yil, 10 sentyabr.

Faoliyati: 3 oy.

 

2017 yil, fevral

Aleksandr Mochinov – “Paxtakor”da ishlaydi

“Obod” klubidan ketgan Mochinov 5 oylik tanaffusdan keyin “Paxtakor” yoshlar jamoasida Jasur Abduraimovga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. Ammo bu lavozim mutaxassis karyerasidagi eng qisqasi faoliyati bo‘ldi – 18 kun. U hali ishga to‘liq ham kirisha olmagan bo‘lsa kerak.

Tayinlandi: 2017 yil, 10 fevral

Iste’foga chiqdi: 2017 yil, 28 fevral

Faoliyati: 18 kun

 

2017 yil, mart

Aleksandr Mochinov — O‘zbekiston U-19 bosh murabbiyi

“Paxtakor” yoshlari bilan 18 kun ishlagan mutaxassis mart oyidan O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Mochinovga 1999 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat yangi jamoa tuzilib, uni boshqarish yuklatildi. Shu bilan birga Mochinov O‘zbekiston U-15 va O‘zbekiston U-18 termasini ham murabbiy sifatida boshqardi.

Yarim yildan ziyod vaqt davomida Mochinov O‘zbekiston U-19 termasi bilan Osiyo Chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsada, Tojikistonda o‘tgan hal qiluvchi saralash o‘yinlarida O‘zbekiston U-19 terma jamoasi mezbonlarga mag‘lub bo‘lib, o‘smirlarimizdan keyin yoshlarimiz ham Osiyo Chempionati yo‘llanmasidan quruq qolishdi. Natija Aleksandr Mochinov navbatdagi marotiba O‘FF tomonidan iste’foga chiqarildi.

Tayinlandi: 2017 yil, 2 mart

Iste’foga chiqdi: 2017 yil, 10 noyabr

Faoliyati: 8 oy.

 

2017 yil, dekabr

Aleksandr Mochinov – “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi!

Qator muvaffaqiyatsizliklari ketma-ketligidan keyin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Tojikistonga mag‘lub bo‘lib, yoshlarimizni hattoki saralashdan Osiyo Chempionatiga olib chiqa olmagan mutaxassis 40 kun o‘tar-o‘tmas, yana bosh murabbiy sifatida endi Oliy Liga klubida faoliyat boshladi. 2017 yilgi mavsum yakunida 13-o‘rinni olgan va quyi ligaga ravona bo‘lishi ma’lum bo‘lgan “So‘g‘diyona”dan Igor Shkvirinni iste’foga chiqarilib, yana Aleksandr ishonch bildirildi. Bu Mochinovning 2 yilda “So‘g‘diyona”ga ikkinchi marta kelishi, 4 yil davomidagi 8-ish joyi bo‘ldi. Muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, har doim yaxshi ish topadigan bu murabbiy tarkibni jamlashda davom etdi va ko‘p o‘tmay “So‘g‘diyona”ning O‘FA tomonidan Superligada olib qolingani e’lon qilindi…

Mavsum oldi tayyorgarlikka yetarlicha vaqti bo‘lgan va uni o‘zi istagandek olib borgan Mochinov Superliga 5-turidan keyin “So‘g‘diyona” bilan yana autsayder rolida – 12-o‘rinda bormoqda. Uch yil oldin “Buxoro” bilan ham shu holga tushgan Mochinovga imkoniyat berilavergach, 10-turgacha ham hech narsa o‘zgarmagan. Shunday ekan, bugungi qahramonimizning odatiy iborasini keltiramiz: «Odatda bunday vaziyatda bosh murabbiy iste’fo beradi…».

Ha, darvoqe, maqolamiz sarlavhasidagi savolga o‘zimizda ham javob bo‘lmasada, maqolada o‘zingiz xulosa qilishingiz uchun yetarlicha faktlar keltirilgan.

Tayinlandi: 2017 yil, 20 dekabr

Iste’foga chiqdi: 2018 yil, 7 aprel…

Faoliyati: 4 oy.

Usmon IBODOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 11:47, 09.04.2018.
O'qildi: 3579 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.