Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘FAda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha yangi boshqarma ish boshlaydi

O‘FAda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha yangi boshqarma ish boshlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbolni rivojlantirish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha hududlarni qamrab oladi va futboldagi eng muhim bo‘g‘in bolalar futboli bilan shug‘ullanadi.

Umid Ahmadjonovning topshirig‘i bilan tuzilgan yangi tizim asosida ishlaydigan boshqarma quyidagi asosiy ishlar bilan shug‘ullanadi:

- Bolalar futbolida yoshi kichraytirilgan futbolchilarga qarshi kurashish.
- Ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish (statistika).
- O‘smirlar terma jamoasi murabbiylari seleksiya ishlarini olib borishlari uchun musobaqalar tashkil etish.
- Maktabgacha ta’lim, maktab, mahallalarda futbolni ommaviylashtirish va ular o‘rtasida musobaqalar uyushtirish.

Yuqoridagi asosiy ishlardan tashqari, boshqarma barcha viloyatlarda xuddi poytaxtdagidek yuqori sifatda musobaqalarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur boshqarma bo‘yicha yangi ishchi guruh shakllantirilyapti va u yerda jam bo‘ladigan xodimlar guruhi aprel oyining uchinchi dekadasida barcha viloyatlarda bo‘lib, may oyining birinchi o‘n kunligida hududlar geografiyasidan kelib chiqqan holda mukammal tizim ishlab chiqadi va uni amalga tadbiq etadi.

Boshqarma O‘FA va Ispaniya FF o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida O‘zbekistonga Yevropa futboli metodikasini tadbiq etadi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarda xorij klublari ishtirokida xalqaro musobaqalarni ko‘paytirgan holda turizm rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

Ayni paytda bolalar klublarining xorijga chiqishini ko‘p kuzatyapmiz. Har doim ham iste’dodli futbolchi chet elga chiqa olmaydi. Bu borada O‘FA qoshidagi boshqarma bosqichma-bosqich xorij klublarini yurtimizga olib kelish bo‘yicha ish olib boradi. Shunda kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish imkoniyati chekka-chekka qishloq vakillariga ham nasib etadi.

O‘FA boshqarmasi iste’dodli futbolchilar Yevropa skautlari nazariga tushishi uchun musobaqalar sonini ko‘paytiradi va  top-klublar skautlarini O‘zbekistonga jalb qiladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:38, 09.04.2018.
O'qildi: 3263 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.