Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

O‘FAda OFK mutaxassislari tomonidan marketing bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘FAda OFK mutaxassislari tomonidan marketing bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Osiyo futbol konfederasiyasidan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida marketing bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarni OFKning Ligalarni rivojlantirigsh qo‘mitasining Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha ofiseri Yogesh Desai va OFKning strategik rejalashtirish va marketing sohasi bo‘yicha konsultanti Elnur Mamedov olib borishdi.

Ushbu seminarda Superligada ishtirok etuvchi klublarning marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida klublarda marketing bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, homiylar bilan ishlash, buning uchun ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi.

Jumladan, Elnur Mamedov o‘tgan yili O‘FA bilan hamkorlikda futbol klublari vakillari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar, biznes vakillari ishtirokida o‘tkazilgan seminarning xulosalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

Klublarda marketing sohasini rivojlantirishda teletranslyasiyalarning ahamiyati ham katta ekani, bu borada PFL hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotgan tahsinga sazovor ekani qayd etildi.

Seminar davomida yig‘ilganlar OFK mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:36, 11.04.2018.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.