Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘zbekiston PFL bilan Qirg‘iziston PFL o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston PFL bilan Qirg‘iziston PFL o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov Qirg‘iziston Professional futbol liga Prezidenti Nurbek Atakanov o‘rtasida o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatda futbolni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish, Xalqaro maydonlarda Osiyo futboli nufuzini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

O‘z o‘rnida Qirg‘iziston PFL Prezidenti Nurbek Atakanov O‘zbekistonda futbol shiddat bilan rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi: “Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati Superligaga o‘zgartirilgandan so‘ng, bu borada katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldim. Kurashlarga, shiddatli o‘yinlarga boy tarzda o‘tayotgan chempionat chinakamiga Superligaga aylanib boryapti. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Markaziy Osiyodagi eng yaxshilardan biri ekanini inobatga olgan holda, bizning bu yerda o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Shu sababli bugungi uchrashuv biz uchun har tomonlama foydali ekanini alohida qayd etib o‘tmoqchiman ”, - deydi Nurbek Atakanov.

Shundan so‘ng O‘zbekiston PFL va Qirg‘iziston PFL o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra tomonlar futbol klublari saviyasini oshirish, uchrashuvlarga muxlislar jalb qilish, stadionlarda xavfsizlikni ta’minlash, futbol infratuzilmalarini yaxshilash, futbol menejmenti va marketingi bo‘yicha tajriba almashish, klublar o‘rtasida turli musobaqalar, o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish, halol o‘yin prinsiplariga amal qilish, hamkorlikda turli seminarlar o‘tkazish, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha ish olib borishadi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston PFL bosh direktori Omon G‘ofurov Qirg‘iziston PFL Prezidenti Nurbek Atakanovga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 16:03, 11.04.2018.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик