Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Umid Ahmadjonov Tojikiston FF prezidenti Rustam Emomali bilan hamkorlik masalasida kelishib oldi

Umid Ahmadjonov Tojikiston FF prezidenti Rustam Emomali bilan hamkorlik masalasida kelishib oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi iliq aloqalar davom etadi. Kecha — 10 aprel kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikiston MOQ birinchi vise-prezidenti Abdullozoda Ahtam Rustam taklifiga binoan Dushanbeda bo‘lib, har ikki tashkilotning o‘zaro manfaatli hamkorligi borasida kelishuvga erishgandi.

Bugun esa Ahmadjonov O‘FA birinchi vise-prezidenti sifatida Tojikiston futbol federasiyasi prezidenti Rustam Emomali bilan uchrashdi. Bundan ko‘zlangan maqsad qo‘shni respublika futboli qit’ada o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat edi. Ma’lumki, Tojikiston milliy terma jamoasi 2019 yil BAA mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunga qaramay, mahalliy futbol muxlislari yaqin kelajakdagi katta g‘alabalardan umidvor.

Bu yo‘lda ikki qo‘shni mamlakat futbol uyushmalarining o‘zaro hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Kelishuvga ko‘ra, Tojikiston futbol klublari o‘zining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishi uchun O‘zbekistonda imkoniyatlar kengaytirib beriladi. Bir necha yillardan buyon kuzatilmayotgan klublar va terma jamoalar miqyosidagi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu borada MOQ hamda O‘FA tojikistonlik sportchilarni kutib olishga doim tayyor turadi.

Qayd etish kerak, Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol Assosiasiyalari) prezidenti ham hisoblanadi. Tojikiston ham unga a’zo ekanidan kelib chiqilsa, endi qo‘shni mamlakat futbol federasiyasi ham mazkur assosiasiyaning faol a’zosiga aylanadi hamda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari masalasiga e’tibor qaratadi. O‘zbekiston sporti esa faqatgina shu bilan to‘xtab qolmaydi va qolgan qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish masalalari ustida ham ish olib boradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:02, 11.04.2018.
O'qildi: 3066 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.