Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Umid Ahmadjonov Moskvada! Rossiya va O‘zbekiston Olimpiadaga tayyorgarlikni hamkorlikda olib boradi

Umid Ahmadjonov Moskvada! Rossiya va O‘zbekiston Olimpiadaga tayyorgarlikni hamkorlikda olib boradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikistonga tashrifini yakunlab, Moskvaga yo‘l olgandi.

Rossiya poytaxtida Ahmadjonov mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va bir vaqtning o‘zida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi vakili bo‘lgan Aleksandr Jukov bilan uchrashdi. Jukov, shuningdek, Rossiya davlat dumasi rahbarining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.

Uchrashuv chog‘ida har ikki mamlakat sport sohasida o‘zaro hamkorlik qilishi masalasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Kun tartibidan har ikki mamlakat sportidagi muammolar, kamchiliklar va yechilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashish o‘rin olgandi. 

“Biz Rossiya sportining bugungi kundagi holati, undagi yutuq va kamchiliklar haqida yaxshi bilamiz. Til masalasida to‘siq yo‘qligi uchun ham rossiyalik sportchilarning xalqaro maydonlardagi ishtiroklari haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Shundan kelib chiqib, har ikki tomon o‘zaro hamjihatlikda ishlashida qandaydir muammolar bo‘ladi deb o‘ylamayman.

Ayni vaqtda Rossiya sporti yangi bosqichga qadam qo‘yish arafasida turibdi. Ortda qolgan muammolar yaxshilab o‘rganilgan, tahlil qilingan va shundan kelib chiqib, xalqaro maydondagi natijalarni yanada yaxshilash ustida ish boshlangan. Biz bilamizki, bu yerda potensiali yuqori bo‘lgan sportchilar juda ko‘p. Rossiya bejizga Olimpiada o‘yinlarining umumjamoa hisobida peshqadamlardan biri hisoblanmaydi. Shundan kelib chiqib, biz bu mamlakat sportining yaxshi tomonlarini o‘zlashtirishga harakat qilamiz. Ayniqsa, yengil atletika, suzish, qishki sport turlari, voleybol, gimnastika kabi turlarda ulardan ko‘p narsalar o‘rganishimiz mumkin”, — deydi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida Aleksandr Jukov Rossiya sporti O‘zbekiston bilan bajonudil hamkorlik qilishini ta’kidladi. “O‘zbekiston tomonining qo‘llab-quvvatlovini his qilish biz uchun juda yoqimli. Birgalikda bir qator marralarga erisha olamiz deb ishonaman. Boisi O‘zbekiston iqtidorlar zamini, unda salohiyati yuqori bo‘lgan sportchilar juda ko‘p”, — dedi Jukov uchrashuv chog‘ida.

Memorandumga ko‘ra Rossiya va O‘zbekiston sportchilari birgalikda ishtirok etadigan musobaqalar soni ko‘payadi. Kelishuv faqatgina sportchilar miqyosida bo‘lib qolmay, rossiyalik mashhur mutaxassislar o‘zbekistonlik murabbiylarga o‘quv-kurslar, seminarlar ham tashkil etib beradi. Shuningdek, soha rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar, darsliklar yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti uchun ham beriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:38, 13.04.2018.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.