Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

18 aprel kuni «Sport TV»da O‘FA va PFL rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi

18 aprel kuni «Sport TV»da O‘FA va PFL rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish, yosh avlod orasida futbolni ommaviylashtirish va bu yo‘l orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yurtimizdagi muxlislar tomonidan bu borada bildirilayotgan fikr-mulohazalar, takliflar ham doimo o‘rganib borilib, ana shu taklif-mulohazalar asosida qarorlar qabul qilinyapti. Asosiy maqsad futbolimizda shaffoflikni ta’minlash, futbol uchrashuvlari ochiq tarzda, halol kurashlar asosida o‘tishini nazorat qilib borishdan iborat.

O‘zbek futbol muxlislarining fikr-mulohazalariga quloq solish, ular bilan fikr almashish va futbolimizni rivojlantirish yo‘lidagi takliflarni ko‘rib chiqish, MTJ, Olimpiya terma jamoasi, bolalar futboli, Superliga va Pro-liga, shuningdek, O‘zbekiston kubogi musobaqasini o‘tkazish borasidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etish maqsadida shu yilning 18 aprel kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport TV” telekanalida ochiq muloqot tashkil etiladi. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va “Sport” teleradiokanalining qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Sport klub”ning navbatdagi soni millionlar o‘yini - futbolga bag‘ishlanadi.

Jonli efirda namoyish etiladigan ushbu dasturda O‘FA va PFL rahbariyati, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishadi. Muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni O‘FAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yoki quyidagi elektron pochtaga jo‘natishlari mumkin: media@the-uff.com

Muxlislardan kelgan barcha savollar umumlashtirilib, ochiq muloqot davomida ko‘rib chiqiladi va ushbu savollarga javob berib o‘tiladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:21, 14.04.2018.
O'qildi: 2787 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик