Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Futzal. "Neftchi"ning Buxoro safari qanday kechdi ?

Futzal. "Neftchi"ning Buxoro safari qanday kechdi ?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futzal bo‘yicha "Neftchi" jamoasi so‘nggi turni Buxoroda o‘tkazdi. Safarda o‘tgan ilk bellashuvda 1:2 hisobida g‘alaba qozongan farg‘onaliklar javob bahsida 2:2 natijasida durangga imzo chekishdi. Buxoro safaridan qaytgan jamoa murabbiyi Boburbek Madaminov klub rasmiy sayti uchun qisqacha intervyu berdi.

- "Buxoro" kuchli futzal jamoa hisobnaladi. Chunki avvaldan Buxoroda sportning mazkur turi keng rivojlanib kelgan. Biz esa joriy yildan yangi jamoa tuzdik. Shu sabab o‘yin oldidan biroz xayajon kuzatildi. Bahs yaxshi kechdi. G‘alabaga  bo‘lgan intilishimiz natijasida zafar quchdik deb o‘ylayman, - deb gap boshladi  Madaminov

- Ikkinchi o‘yinda esa durang kuzatildi. Qo‘shaloq g‘alabaga nima yetishmadi ?

- Ikkinchi bahsda "Buxoro" o‘yinni yanada kuchaytirdi. Chunki uyda mag‘lub bo‘lgan jamoa galdagi o‘yinda g‘oliblik uchun intildi. Biz ham bo‘sh kelmadik. Birinchi bo‘limdan so‘ng 0:2 hisobida g‘alaba qozonayotgan edik. Afsuski, navbatdagi bo‘limda "Buxoro" hisobni durang ko‘rinishiga olib keldi hamda yakuniy 2:2 natijasi kuzatildi.

- Jamoa ko‘rsatayotgan natijalar hamda o‘yinidan qoniqyapsizmi ?

-Albatta. Yangi jamoa uchun yuqori natijalar qayd etyapmiz deb o‘ylayman. Shu ruhda davom etamiz.

- Futzal jamoalari o‘rtasida raqobat qanday ?

- Bu yil xar bir klubning futzal jamoasi bo‘lish kerakligi alohida ko‘rsatib qo‘yildi. Shunga monand e’tibor va talab ham oshdi. Oqibatda futzal klublari o‘rtasida ijobiy, shu bilan birga sof raqobat yuzaga kelyapti.

- Jamoa bosh murabbiy Farrux Zokirovga yordam beryapsiz. Zokirovni O‘zbekiston futzal terma jamoasining sobiq a’zosi sifatida yaxshi bilamiz. Mazkur mutaxassisning murabbiylik sohasidagi faoliyati haqida fikr bildirsangiz ?

- Farrux Zokirovning futzalda tajribasi katta deb o‘ylayman. Ortda qolgan o‘yinlarda uning murabbiylik salohiyati sabab yaxshi natijalar qayd etib boryapmiz.

- Oldinda "Neftchi"ni viloyat derbisi kutmoqda. "Qo‘qon-1912" futzalchilari bilan bahsdan nimalar kutyapsiz?

- Faqat g‘alaba!Nafaqat futbolda balki futzalda ham derbilar yuqori suratda kechadi. Bo‘lajak o‘yinda keskin va murosasiz kurashlarga boy o‘tishi aniq.  Shu sabab muxlislar futzal bellashuvlariga ham kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardim.

 

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 16:05, 14.04.2018.
O'qildi: 3364 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.