Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bobur Abduxoliqov: «Mavsumni «Paxtakor»da boshlashim mumkin edi»

Bobur Abduxoliqov: «Mavsumni «Paxtakor»da boshlashim mumkin edi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi turdan-turga qizib, o‘z nomiga munosib bo‘lib boryapti. Buni uchrashuvlarda qayd etilayotgan natijalar ham isbotlab turibdi.

Turnir jadvalidagi jamoalarning joylashuvi ham milliy chempionatimizning saviyasi ko‘tarilib borayotganidan dalolat beradi. Shu kungacha beshta tur o‘tkazilgan bo‘lsa, unda ochko yo‘qotmagan jamoaning o‘zi qolmadi.

Amaldagi chempion «Lokomotiv»dan esa bunday omadsiz startni hech kim kutmagandi. Vise-chempion «Nasaf»ni ham mavsumni ko‘ngildagidek boshladi, deyish mushkul.

Ehtimol, «temiryo‘lchilar» va «ajdarlar»ning OCHL turnirida ishtirok etishayotgani ham ichki chempionatdagi natijalarning pasayib ketishiga sabab bo‘lgandir?

Har holda bir vaqtning o‘zida ikkita turnirda qatnashish oson emas. Boz ustiga, ulardan biri Osiyoning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

Umuman olganda, bizga ana shunday kutilmagan natijalarga boy futbol kerak. Bir tekis kechadigan va ssenariysi oldindan ma’lum bo‘ladigan chempionatdan zerikkanmiz. Mavsum oxirigacha shunday murosasiz ruhda davom etishi tarafdorimiz.

Bugun e’tiboringizga «Nasaf» jamoasi hujumchisi Bobur Abduxoliqov bilan uyushtirilgan intervyuni havola etamiz. Suhbatimiz Yevropa futbolidan boshlandi.

- Bobur, Yevropa klublaridan qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- «Chelsi»ga. menga Angliya futboli juda yoqadi. Uning jozibasi baribir boshqacha.

- So‘nggi yillarda «Chelsi»ga nima yetishmayapti?

- Menimcha, barqarorlik. Mavsumni bir maromda o‘tkaza olishmayapti.

- «Chelsi» tarkib borasida Angliyaning boshqa yetakchi klublaridan kuchsizroqmi?

- O‘ylashimcha, yo‘q. Jamoada yulduz futbolchilar yetarli. Yuqorida aytganimdek, bu jamoa bir tekis futbol namoyish etolmayapti. «Manchester Siti» klubidek barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti.

Bir tomondan «Chelsi» va «Siti»ni hozirgi holatda bir-biri bilan taqqoslab ham bo‘lmaydi. Manchesterliklar yovvoyi futbol ko‘rsatishmoqda. Yo‘ldan chiqqan raqibni «er tishlatishmoqda».

- «Chelsi»ning oltin davri sifatida o‘zingiz ko‘rgan va bilgan qaysi yillarni aytgan bo‘lardingiz?

- 2008 yilgi mavsumni aytishim mumkin. O‘sha avlod futbolchilari juda kuchli bo‘lishgan.

- Nima uchun aynan «Chelsi»ga muxlislik qilasiz? Masalan, men Andrey Shevchenkoning o‘yinlari sabab «aristokratlar» ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilganman.

- Yoshligimdan Didye Drogba, Frenk Lempard, Jon Terri singari futbolchilarning o‘yiniga havas bilan qarardim. Shu bois ham «Chelsi»ga muxlis bo‘lib qolganman.

- Bobur, keling, endi o‘zimizning futbol haqida gaplashsak. Afsuski, «Nasaf» uchun bu yilgi OCHL mavsumi guruh bosqichidayoq yakunlanadigan bo‘ldi.

Nima deb o‘ylaysiz, raqiblar kuchlilik qildimi yoki omadsizlikning boshqa omillari bormi?

- Tan olish kerak, raqiblar bizdan kuchli edi. Eron va Qatar klublari tarkibida tajribali futbolchilar yetarli bo‘lib, ular aynan individual harakat evaziga muvaffaqiyatga erishishdi.

Ba’zi holatlarda esa bizdan omad yuz o‘girdi, ayrim vaziyatlarda tajriba yetishmadi.

- Mavsumlar oralig‘ida «Nasaf» yetakchilarining jamoani tark etishgani ham bunga ta’sir qildimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:52, 15.04.2018.
O'qildi: 4796 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.