Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan olimpiya terma jamoasining bo‘lajak musobaqalarda, xususan 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Tayyorgarlik doirasida turli yig‘inlar uyushtirilib, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining xalqaro musobaqalarda ishtiroki ta’minlanmoqda.

Jumladan, 2018 yil 27 apreldan 3 maygacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol assosiasiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag‘ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda Indoneziya, KXDR hamda Bahrayn terma jamoalari ishtirok etadi. Ayni vaqtda bu musobaqa joriy yilning avgust oyida boshlanadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlikni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 23 apreldan “Chig‘atoy” sport bazasida boshlaydi. “Yubiley kubogi”ga olimpiya terma jamoasi quyidagi tarkibda yo‘l olmoqda:

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev – “Navbahor”
Umidjon Ergashev – “Nasaf”

Himoyachilar:
Husniddin Aliqulov – “Mash’al”
Husniddin G‘ofurov – “Neftchi”
Abubakr Muydinov – “Bunyodkor”
Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
Ilxomjon Alijonov – “Surxon”
Doniyorjon Narzullayev – “Nasaf”
Avazbek O‘lmasaliyev – “Neftchi”

Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullayev – “Bunyodkor”
Sanjar Qodirqulov –“ Bunyodkor”
Sharof Muhitdinov – “Nasaf”
Suxrob Nurulloyev – “Metallurg”
Oybek Rustamov – “Qo‘qon – 1912”
Nurillo To‘xtasinov – “So‘g‘diyona”

Hujumchilar:
Islom Kenjaboyev – “Nasaf”
Andrey Sidorov – “Qizilqum”
Azizbek Amonov – “Lokomotiv”

 

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 14:41, 23.04.2018.
O'qildi: 3768 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.