Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Shota Arveladze: “Kuchli oltilikda kimlar bo‘lishini yakunda bilamiz”

Shota Arveladze: “Kuchli oltilikda kimlar bo‘lishini yakunda bilamiz”

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “sherlar” ustozi Shota Arveladze hamda Dilshod Rahmatullayev ishtirok etdi.

Arveladze: - Bugun taktik o‘yinga guvoh bo‘ldik. Harakatlardan ko‘ra taktikaga amal qilish ko‘proq bo‘ldi. Ahmedov charchagani sababli almashtirishni so‘radi. Uning o‘rniga ushbu vazifani bajaradigan Griffitsni tushirdim. Chunki markazdagi o‘yin xarakterini o‘zgartirish va standart holatlardan foydalanishni o‘ylagandik. Yaxshiboyev esa juda yaxshi harakat qildi.

Pressing qilishda kuchni ham hisobga olish zarur. Har ikki jamoada tayyorlanishga qisqa vaqt bo‘ldi. Futbolchilar o‘ylagan holda o‘ynashga urinishdi. Ayni paytdagi holatimizni hisobga olib, har bir uchrashuvda zafar quchishga intilamiz. Navbatdagi raqibni yengishni o‘ylab, bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kuchli oltilikda kimlar bo‘lishini yakunda ko‘rib olamiz.

Rahmatullayev: - Bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. O‘yinda ko‘proq vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun asosan qarshi hujumlarda o‘ynashga intildi. Oxirgi zarbani berish ustida ishlayapmiz. Ba’zan bu foyda bermayapti. Mashg‘ulotlarda bu jihat ustida ter to‘kamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:39, 29.04.2018.
O'qildi: 2857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик